Til strukturasida so'zning o'rni So'z va tushuncha
Download 48.38 Kb.
|
Leksika. Leksikologiya va semasiologiya haqida umumiy tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omonimlar, ularning turlari va manbalari Sinonimlar va antonimlar Tabu va evfemizmlar
Leksika. Leksikologiya va semasiologiya haqida umumiy tushuncha Reja: Til strukturasida so'zning o'rni So'z va tushuncha So'z ma'nolari o'rtasidagi munosabatlar Omonimlar, ularning turlari va manbalari Sinonimlar va antonimlar Tabu va evfemizmlar Terminologiya Frazeologiya So'z tilning eng asosiy va markaziy birligidir. Tildagi barcha so'zlarning yig'indisi uning lug'at tarkibi yoki leksikasi (grekcha lexis – "so'z") deb ataladi. Tilshunoslik fanining tilning leksikasini o'rganuvchi bo'limi leksikologiya (grekcha lexis – "so'z" va logoc – "ta'limot") deyiladi. Tilning leksikasini o'rganish juda keng soha bo'lib, u so'zlarning hosil bo'lishi, lug'at sostavining boyishi va nutqda ishlatilishi, ma'nolarning o'zgarishi, torayishi va kengayishi, turli terminlarning qo'llanishi kabi bir qator masalalarni qamrab oladi. Shu tufayli leksikaning turli tomonlarini o'rganuvchi alohida sohalar mavjud. Masalan, leksikologiyaning ma'no tomonlarini o'rganuvchi soha mavjud bo'lib, bu semasiologiya (grekcha sema – "ma'no" yoki "belgi", logos – "ta'limot") deb ataladi. So'zda tilning ifoda (tovush jihati) va mazmun jihatlari (ma'no tomoni) namoyon bo'ladi. So'z tilning eng asosiy va markaziy birligi deb qaraladi. Chunki tildagi ko'pgina xususiyat va hodisalarni o'rganish so'zni ilmiy tadqiq etish bilan boshlanadi. Tilning tovush strukturasini o'rganuvchi fonetika va fonologiyadagi birliklar o'z ma'nolariga ega bo'lmagani sababli bir tomonlama, ya'ni faqat ifoda jihati bilan chegaralangan birliklardir. Boshqa birliklar (so'z, so'z birikmasi, gap) esa ikki tomoniga – ifoda va mazmun jihatiga egadir. Binobarin, leksikologiya va semasiologiya ko'p tarmoqli bo'lib, har tomonlama chuqur tekshirishni taqozo qiladi. So'z tilda turli funksiyalarni bajaradi. So'zlarning atash, ya'ni nominativ funksiyasi nominatsiya nazariyasi yoki onomasiologiyada o'rganiladi. So'zlarning ekepressiv ma'no berish funksiyasi leksik stilistika yoki so'z stilistikasida qaraladi. So'zlarning kelib chiqishini o'rganuvchi soha etimologiya (grekcha etymon – haqiqat, logos – ta'limot) deb ataladi. Turg'un so'z birikmalari va iboralarni frazeologiya ilmiy tadqiq qiladi. Tilning lug'at sostavidagi kishi nomlarini onomastika (grekcha onomastive – nom qo'yish san'ati), geografik nomlarni toponimika (grekcha topos – joy va onyma – nom) o'rganadi. Boshqa turli nomlarni o'rganuvchi sohalar ham mavjud. Download 48.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling