Til va madaniyat
Axboriy-huquqiy munosabatlar
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
Axboriy-huquqiy munosabatlar
Axboriy-huquqiy munosabat – axboriy-huquqiy meʼyor bilan tartibga solingan axboriy ijtimoiy munosabat. Munosabat tomonlari axboriy-huquqiy meʼyor bilan belgilangan va kafolatlangan o‘zaro huquq va majburiyat tashuvchilari sifatida qatnashadi. Bu termin 126 Tog‘aymurod BEKMURODOV matbuot yoki shunga yondosh sohalarda yoritilayotgan ma’lumotlar ma’lum bir huhuqiy me’yorlarga solingan holatda berilishini anglatuvchi termin hisoblanadi. Axboriy-huquqiy munosabatlar matritsasi - (matritsa so‘zini izohlaydigan bo‘lsak, matritsa (lot. matrix – bachadon) – 1) metallurgiyada – metallarga bosim bilan ishlov berishda qoʻllaniladigan shtamplarning ish qismi. Matritsa sirtida tayyorlanadigan buyum (detal)ning qiyofasiga mos botiq (yoki teshik) boʻladi. Ana shu botiq (yoki teshik)ga shtampning ikkinchi qismi – puanson kiradi. Matritsa yaxlit yoki qismlarga ajraladigan qilib yasalishi mumkin; 2) matbaada – harf, raqam yoki belgining tasviri tushirilgan metall plastinka yoki taxtacha (brusok). Matritsaning shriftlar quyiladigan (qoʻlda harf terishda ishlatiladigan literalarni quyish uchun), satr quyiladigan va harf quyiladigan xillari boʻladi. Yuqori bosma qolipidan qoʻllangan karton yoki plastmassaga botirib tushirilgan chuqur nusxa ham matritsa deb ataladi. Bunday matritsadan stereotiplar yoki galvanostereotiplar hisoblanadi. Matritsaning xususiyati axboriy- huquqiy munosabatga ko‘chganliginiko‘rish mumkin bo‘ladi. Bu sohalar o‘rtasida integratsiya jarayoniga yorqin misol bo‘ladi. Qatorlari predmet sohalarida axborot jarayonlarini belgilovchi jadval: axborot, axborot resurslari, axborot mahsulotlari, axborot xizmatlarini izlash, olish va isteʼmol qilish; ularni ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash; axborot tizimlari, ularning tarmoqlari, ularni taʼminlash vositalarini yaratish va qo‘llash; axborot xavfsizligi mexanizmlarini yaratish va qo‘llash. Matritsa ustunlari huquq toifalarini ko‘rsatadi: huquq, huquqning cheklanishi, majburiyat, masʼuliyat. Qator va ustunlar kesishgan joyda ushbu huquq toifalarida axborot jarayonlarida paydo bo‘ladigan axborot munosabatlari ro‘yxatlari keltiriladi. Bu terminning mohiyatida shu kabi xususiyatlar yotadi. 1. Axborot - taqdim etilish shaklidan qatʼi nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi maʼlumotlar. 2. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar haqidagi bilim (maʼlumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar. 3. Maʼlum xos matnda aniq maʼnoga ega boʼlgan tushuncha- larni ichiga oluvchi dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obyektlar haqidagi bilim (maʼlumotlar). 4. Qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lozim bo‘lgan jami dalil va maʼlumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to‘lovlar, dars 127 Matbuot va nashriyot terminlari jadvali, o‘lchash majmualarining yer va fazo stantsiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi xabarlar va h.k. axborot bo‘lishi mumkin. Hisoblash mashinasi ishi uchun zarur bo‘lgan axborot qayta ishlanishi lozim bo‘lgan maʼlumot va dasturdan iborat bo‘lib, dastur ushbu maʼlumotlar bilan nima va qaysi tartibda bajarilishi lozimligini belgilaydi (yoki foydalanuvchiga belgilash imkonini beradi). Аxborot nur, tovush va radio to‘lqinlari, elektr toki yoki kuchlanishi, magnit maydoni, qog‘ozdagi belgilar shaklida yaratilishi va tashilishi mumkin. Umuman olganda, xohlagan moddiy tuzilma yoki energiya oqimi axborotni tashishi mumkin. Аxborotdan foydalanish ko‘lamlari jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi. 5. Turli obyektlarning o‘zaro ishlashida ro‘y beruvchi aks etish jarayonining aktiv harakatlarni taʼminlash uchun yaroqli natijalari. Shuningdek, birov, biror narsa to‘g‘risidagi maʼlumotlar. 6. Аks etgan xilma-xillik. Shu kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi va matbuot yuzini ko‘radi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling