Til va madaniyat


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

Namozi peshin. Ushbu izofa islom dinidagi ikkinchi ado 


121
“Boburnoma”da vaqt konsepti"
etiladigan namoz hisoblanadi hamda quyosh zavolga og‘gandan 
toki asr namozi vaqti kirguncha bo‘lgan muddatni aks ettiradi. Yil 
fasllariga qarab har xil vaqtni ifodalaydi. Namozi peshin izofasi 
“Boburnomada” ellik to‘qqiz marta ishlatilgan. Bir o‘rinda peshin 
namozi arabcha zuhur atamasi bilan ham ifodalangan:
Namozi peshin bo‘lub edikim, bir qo‘yni topib kelib, bir yerda 
tushub, o‘lturub, kabob qildilar (66).
Erta, namozi peshin Ita’vaning ollidag‘i suvning nari yuzidag‘i 
bog‘qa chiqib, Juunda g‘usl qilib, zuhr ado qildim, Namoz o‘tagan 
yerdin Ita’va sariroq kelib, ushbu bog‘ning daraxtlarining soyasida bir 
balandi ustidakim, suvg‘a mushrif edi, o‘lturub, yigitlarni sho‘xluqqa 
solduk (210).
Namozi shom. Bu izofa islom dinida to‘rtinchi bo‘lib 
ado etiladigan namoz turini ifodalab, quyosh botgandan to ellik 
minutgacha bo‘lgan vaqtni anglatadi. Namozi shom asarda o‘ttiz 
to‘qqiz marta ishlatilgan.
Kunlar g‘oyat qisqaliqqa ilgarigi kishi yorug‘ choqta havol 
ollig‘a keldilar, namozi shom, namozi xuftang‘acha el kela qoldi (111).
Namozi xuftan. Ushbu namoz islom dinida oxirgi ado 
etiladigan namoz turi hisoblanib, tun kirgandan boshlab ado qilinadi.
Bu izofa asarda jami o‘ttiz yetti marta qo‘llanilgan bo‘lib, o‘ttiz olti 
marta namozi xuftan, bir martagina namozi xufton tarzida uchraydi.
Namozi xuftan edi, kelib Xokon arig‘idin o‘tub, Raboti Ro‘zaq 
kentining yonig‘a tushuldi (58).
Savotidin yonib xeyli sargardonliq tortib, namozi xuftonda 
o‘rdug‘a kelduk (128).
Sunnat vaqti. Ushbu birikma asarda olti marta qo‘llanilgan 
bo‘lib, “Bobur ensiklopediyasi”da qayd etilishicha, “Boburnoma”da 
quyosh chiqishiga yaqin vaqt sunnat vaqti deb keltirilgan [Bobur 
2014, 476].
So‘g‘dning ulug‘ shohjo‘ylarig‘a qorong‘u kechada urunub, yo‘l 
iturub yuz tashvish bila tong otqonda Xoja Diydordin o‘tub, sunnat 
vaqtida Qorbug‘ pushtasig‘a yormoshtuk. Qorbug’ pushtasining 
shimolidin Xudak kentining oyog‘i bila Ilono‘ttini tuslab tebraduk (52).
Qurbon iydi. Bu kun ham yilda bir marta zulhijja oyining 
o‘ninchi kunida keladigan bayram va ayni vaqtida namoz nomini 
anglatib keladi. Asarda bir marta ishlatilgan.
Bizga qurbon iydi Shohruxiyada bo‘ldi (54).

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling