Til va madaniyat
Uzbekistan: Language and Culture 2021/1(1) ISSN 2181-922X 119—123 “Boburnoma”da vaqt konsepti
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- E-pochta
119
Uzbekistan: Language and Culture 2021/1(1) ISSN 2181-922X 119—123 “Boburnoma”da vaqt konsepti Iroda Mamarajabova 1 Abstrakt Ushbu maqolada buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida vaqt tushunchasini ifodalovchi birliklar tahlilga tortildi. Asarda "vaqt"tushunchasi bir qator mezonlar asosida berilgan. "Boburnoma"da vaqtni bildiruvchi so'zlar etimologiyasiga doir fikrlar ham keltirilgan. Bobur vaqtni o'ziga xos qiyoslar bilan ifodalagan va uni ifodalash uchun turli vositalardan foydalangan. "Boburnoma"dagi vaqt tushunchasini aks ettiruvchi so'zlar tilning leksik taraqqiyotini, numerativlar semantikasini yoritishga, shuningdek vaqtni ifodalash yo‘llarini tasniflashga harakat qilindi. Kalit so‘zlar: “Boburnoma”, konsept, vaqt, numerativ so‘zlar, izofa, matn. Kirish “Boburnoma” asari real voqeliklarga asoslangaligi bilan tarixshunoslar oldida qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, turkiy tilning imkoniyatlaridan foydalanib bitilganligi bilan tilshunoslar uchun ham g‘oyat qimmatlidir. So‘nggi yillarda bu asarning turli jihatlari, xususan, leksik tarkibi, frazeologizmlari, tarjimalari va ularning qiyosi kabi masalalar o‘rganildi. Ammo bu hali uning mukammal tadqiqi tugal bo‘lganligini anglatmaydi. Biz kichik tadqiqotimizda “Boburnoma” asarida vaqt konseptini ifodalovchi birliklarni aniqlashga va ularni tahlil qilishga urindik. “Boburnoma” asarida muallif tomonidan vaqtni ifodalash uchun turli vositalardan foydalanilgan. Asarda uchragan vaqtga oid birliklarni quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Numerativ so‘zlar. 2. Birikmalar. 1Mamarajabova Iroda Fayzullayevna – tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. E-pochta: mamarajabovairoda5@gmail.com Iqtibos uchun: Mamarajabova, I. F. 2021. “Boburnoma”da vaqt konsepti". Ozbekiston: til va madaniyat 1 (1): 119–123. 120 Iroda MAMARAJABOVA 3. Matnlar. Muallif asarda vaziyat taqozosi, yanayam aniqrog‘i o‘zi yashab, so‘zlashib yurgan tillarida mavjud birliklardan unumli foydalangan. Bu xususiyat esa vaqtga oid birliklarning nomlanishida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bobur o‘z asarida o‘sha davrda xalq ichida keng iste’molda bo‘lgan birikmalarni ham qo‘llagan. Quyida asarda vaqt konseptini birikmalar yordamida ifodalangan o‘rinlarining ba’zilarini tahlil qilishga urinamiz. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling