Til va madaniyat
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namozi shom.
- Namozi xuftan.
- Sunnat vaqti.
- Qurbon iydi.
Namozi peshin. Ushbu izofa islom dinidagi ikkinchi ado
121 “Boburnoma”da vaqt konsepti" etiladigan namoz hisoblanadi hamda quyosh zavolga og‘gandan toki asr namozi vaqti kirguncha bo‘lgan muddatni aks ettiradi. Yil fasllariga qarab har xil vaqtni ifodalaydi. Namozi peshin izofasi “Boburnomada” ellik to‘qqiz marta ishlatilgan. Bir o‘rinda peshin namozi arabcha zuhur atamasi bilan ham ifodalangan: Namozi peshin bo‘lub edikim, bir qo‘yni topib kelib, bir yerda tushub, o‘lturub, kabob qildilar (66). Erta, namozi peshin Ita’vaning ollidag‘i suvning nari yuzidag‘i bog‘qa chiqib, Juunda g‘usl qilib, zuhr ado qildim, Namoz o‘tagan yerdin Ita’va sariroq kelib, ushbu bog‘ning daraxtlarining soyasida bir balandi ustidakim, suvg‘a mushrif edi, o‘lturub, yigitlarni sho‘xluqqa solduk (210). Namozi shom. Bu izofa islom dinida to‘rtinchi bo‘lib ado etiladigan namoz turini ifodalab, quyosh botgandan to ellik minutgacha bo‘lgan vaqtni anglatadi. Namozi shom asarda o‘ttiz to‘qqiz marta ishlatilgan. Kunlar g‘oyat qisqaliqqa ilgarigi kishi yorug‘ choqta havol ollig‘a keldilar, namozi shom, namozi xuftang‘acha el kela qoldi (111). Namozi xuftan. Ushbu namoz islom dinida oxirgi ado etiladigan namoz turi hisoblanib, tun kirgandan boshlab ado qilinadi. Bu izofa asarda jami o‘ttiz yetti marta qo‘llanilgan bo‘lib, o‘ttiz olti marta namozi xuftan, bir martagina namozi xufton tarzida uchraydi. Namozi xuftan edi, kelib Xokon arig‘idin o‘tub, Raboti Ro‘zaq kentining yonig‘a tushuldi (58). Savotidin yonib xeyli sargardonliq tortib, namozi xuftonda o‘rdug‘a kelduk (128). Sunnat vaqti. Ushbu birikma asarda olti marta qo‘llanilgan bo‘lib, “Bobur ensiklopediyasi”da qayd etilishicha, “Boburnoma”da quyosh chiqishiga yaqin vaqt sunnat vaqti deb keltirilgan [Bobur 2014, 476]. So‘g‘dning ulug‘ shohjo‘ylarig‘a qorong‘u kechada urunub, yo‘l iturub yuz tashvish bila tong otqonda Xoja Diydordin o‘tub, sunnat vaqtida Qorbug‘ pushtasig‘a yormoshtuk. Qorbug’ pushtasining shimolidin Xudak kentining oyog‘i bila Ilono‘ttini tuslab tebraduk (52). Qurbon iydi. Bu kun ham yilda bir marta zulhijja oyining o‘ninchi kunida keladigan bayram va ayni vaqtida namoz nomini anglatib keladi. Asarda bir marta ishlatilgan. Bizga qurbon iydi Shohruxiyada bo‘ldi (54). Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling