Til va madaniyat


E-pochta: kasimova_ziyoda1993@mail.ru Iqtibos uchun


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

E-pochta: kasimova_ziyoda1993@mail.ru
Iqtibos uchun:  Kasimova, Z. M. 2021. “Urf-odatni ifodalovchi realiyalar: asliyat va 
tarjima". O‘zbekiston: til va madaniyat 1 (1): 132–137. 
Uzbekistan: Language and Culture 2021/1(1)
132


vositalardan biri hisoblanadi.
Xalqlar turmush tushunchalarini anglatadigan bunday 
soʻzlarni tarjimada adekvat talqin etish original milliy xususiyatini 
oʻzga tilda qayta tiklashdek murakkab muammoning eng mas’uliyatli 
va oʻta mushkul masalalaridan hisoblanadi. Chunki bunday holda 
tarjimon oldida oʻz xalqi uchun notanish, nomlari ham tilda mavjud 
boʻlmagan predmet, tushuncha va hodisalarni toʻla-toʻkis yetkazib 
berish, yaxshi anglatish vazifasi koʻndalang turadi.
Mavjud ilmiy adabiyotlarda xalqlar turmush tarzini angla-
tadigan tushunchalarni qaysi vaqtlarda amaliy faoliyatning qanday 
sinalgan yoʻllari vositasida talqin etish lozimligi toʻg‘risida yagona fikr 
uchramaydi. Tarjima ijodiy jarayon boʻlgani uchun bunday yagona 
fikrning uchrashi ham qiyin. Biroq turli ilmiy-tanqidiy mulohaza va 
xulosalar tarjimonga ma’lum darajada yoʻl koʻrsatib turadi, ularning 
umumiy tasavvurini boyitib, uning amaliyotda yuz berishi mumkin 
boʻlgan har xil tasodifiy toʻsiqlarni mohirona yengish malakasini 
paydo qiladi.
Lingvokulturologiya, tarjimashunoslik, qiyosiy tilshunoslik, 
madaniyatshunoslik, etnolingvistikaga oid tadqiqotlarda tillararo 
va madaniyatlararo farqlarni o‘rganishda realiya terminidan 
foydalaniladi. Realiya madaniyatlar o‘rtasida asosiy farqlarni 
ko‘rsatadi, shuning uchun ham unga beriladigan ta’riflar turlichadir. 
[Xolmanova va b. 2018, 25]. 
Milliylikni ifodalovchi realiya birliklarini tarjimada
talqin etish masalasi
Milliylikni ifodalovchi realiya birliklarni tarjimada talqin 
etish masalasini amaliy jihatdan tahlil qilish lozim. Malakali 
tarjimon aksariyat hollarda muayyan matnda ishlatilgan xalqlar 
turmush tushunchalarini anglatadigan soʻzlar funksiyasini qayta 
tiklash masalasi bilan shug‘ullanadi. Bunda tarjimon originaldagi 
milliylikni – oʻzga xalq milliyligini tarjima tiliga mansub boʻlgan 
boshqa tushuncha bilan aralashtirib yubormasligi darkor. Asliyatda 
berilgan milliy ruh, aytaylik, bu Amerika xalqlari turmush tarziga 
oid soʻz boʻlsa, uni Osiyo xalqlari madaniyatiga oid tushuncha bilan 
bermaslik lozim, ya’ni originalni milliylashtirib qoʻymaslik shart.
Realiya birliklar tarjimasida tarjima tilida ularga har jihatdan 
mos, ayni paytda shu til normalari va madaniyatini hazm qiladigan 
vositalarni tanlash zarur. Bunday tushunchalar bir qator xalqlar 
tafakkurida ham ayni bir xil aks etishi mumkin. Masalan, oʻzaro yaqin 
boʻlgan xalqlar: oʻzbeklar va tojiklar, ruslar-ukrainlar-beloruslar, 
133
Urf-odatni ifodalovchi realiyalar: asliyat va tarjima


olmonlar-inglizlar-gollandlar yoki kavkaz xalqlari kabi madaniy 
va iqtisodiy jihatdan yaqin xalqlarda koʻplab soʻzlar, tushunchalar, 
qarashlar, orzu-umidlar, xursandchilik va tashvishlar uyg‘unligi 
mavjud. Bu tillardan oʻzaro oʻgirmalardagi milliy boʻyoqlar uyg‘un-
ligi tarjimon uchun ayni muddaodir.
Shuningdek, milliy tushunchalar ifodasi uchun qoʻllanadigan 
soʻzlarning koʻpchiligi oʻzga tilga ham aynan muvofiq tushunchalar 
berishi mumkin. Jumladan, Amerika xalqi qoʻllaydigan kо’р soʻzlar 
va milliy ruhdagi tushunchalar jahon xalqlarining globallashuvi 
natijasida umummilliylik kasb etib bormoqda. Bu soʻzlar va iboralar 
jahon xalqlari lug‘atidan allaqachon mustahkam oʻrin egallagan. 
Xalqlar turmush tarzini keng ommalashtirishda televideniya, radio, 
kino va matbuotning roli beqiyosdir. Ushbu holatlar tarjimonga bir 
qator yengilliklar berishi tabiiy.
Bundan tashqari, u yoki bu xalq milliy tushunchalarini 
anglatadigan koʻpchilik soʻz va iboralarning ma’no va funksiyalari 
mamlakatlarning oʻzaro madaniy, siyosiy-iqtisodiy, savdo-sotiq 
kabi xilma-xil aloqalari natijasida bir qator xalqlarga, shu jumladan
tarjima tili sohiblariga ham tushunarli boʻlib qoladi. Tarjimonlar 
bunday soʻzlar va harakatlar uchun oʻz tillarida soʻz qidirib yurishlari 
shart emas, ularni transliteratsiya yoʻli bilan ham beraveradilar.
“Transliteratsiya”, ya’ni soʻzlarni tarjima qilmasdan originalda 
qanday talaffuz qilinsa, shunday qilib aytish yoki yozishdir [Salomov 
1983, 35]. Bu usul tarjimon uchun eng samarali usul boʻlib, 
asliyatning milliy bo’yog’ini, ya’ni tarixiy vaziyat hamda personajlar 
ijtimoiy muhitini siqiq holda qayta tiklaydi. Shuning uchun ham 
tarjimonlar bu usuldan oʻz faoliyatlarida unumli foydalanadilar.
Hozirgi kunda oʻzbek tili jahonning boy tillaridan biriga 
aylangan ekan, uni bu darajaga yetkazgan omillardan biri lug‘at 
tarkibidagi koʻpchilik oʻzga xalqlar urf-odatlarini anglatadigan 
soʻzlarning transliteratsiya usuli bilan qabul qilinib, tilning har 
qanday fikrni ifoda eta olish qobiliyatini oshirib yuborganligidir.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling