Til va madaniyat


E-mail: bekmurodovtogaymurod@gmail.com For citation


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

E-mail: bekmurodovtogaymurod@gmail.com
For citation:  Bekmurodov, T. P. 2021. “Press and Publishing Terms". Uzbekistan: 
Language and Culture  1 (1): 124–131. 


ISSN 2181-922X 132137
Urf-odatni ifodalovchi realiyalar: 
asliyat va tarjima
Ziyoda Kasimova
1
Abstrakt
Til va madaniyatning o‘zaro munosabati va aloqasini o‘rganish 
fanlararo muammo hisoblanadi. Mazkur muammoning yechimini bir necha 
fanlar doirasida hal qilish mumkin. Ulardan biri lingvokulturologiya bo‘lib, 
tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga 
keldi. Lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslik kesishgan 
nuqtada shakllangan yangi sohadir. Lingvokulturologiya madaniyat va 
tilning o‘zaro aloqasini, tilda o‘z aksini topgan xalq madaniyatini tadqiq 
qiladi. 
Realiyalarda til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlik yanada yaqqol 
ko‘zga tashlanadi: jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotida yangi 
realiyalarning paydo bo‘lishi tilda shunga mos so‘zlarning paydo bo‘lishiga 
olib keladi. Realiyalarni ajratib turuvchi xususiyati ularning predmet-
narsa ma’nosiga ega bo‘lganligidandir. Bu leksik birliklar madaniyat bilan 
uzviy bog‘liq bo‘lib, til hodisasi sifatida jamiyat taraqqiyotidagi barcha 
o‘zgarishlarga tez javob qaytaradi; ular orasida – neologizmlar, arxaizmlar 
kabi realiyalarni farqlash mumkin. Bu realiyalarning har bir turi tarjimada 
alohida e’tiborni talab qiladi. Realiya bu moddiy mavjud bo‘lgan yoki 
hozir ham mavjud predmet-narsadir. Lug‘aviy izohlarga ko‘ra, realiya – 
“moddiy madaniyat narsalari”dir. Tilshunoslik va tarjimashunoslikda esa 
predmetlarni ifoda etuvchi so‘z va iboralar realiyalar deyiladi.
Kalit so’zlar: realiya, urf-odat ifodalovchi realiya, adekvat tarjima, 
transliteratsiya, izohlash, sharhlash, havola qilish.
Kirish
Ma’lum xalqqa xos va mansub boʻlgan predmet, 
tushuncha hamda hodisalarni ifodalaydigan realiyalar muallifga 
tasvirlanayotgan personajlarining moddiy-ma’naviy hayotini real, 
milliy shaklda bayon qilish imkoniyatini beradi, boshqacha qilib 
aytganda, bu soʻzlar asarning milliy xususiyatini belgilaydigan asosiy 
1Kasimova Ziyoda Movlon qizi tayanch doktorant, O'zbekiston Milliy universiteti. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling