Til va madaniyat


Axborot bilan bog'liq terminlar izohi


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

Axborot bilan bog'liq terminlar izohi
Axborot balansi – (balans so‘zini izohlaydigan bo‘lsak, 
balans – biron-bir faoliyatning bir-birini muvozanatlashi lozim 
boʻlgan tomonlari (mas, daromadlar va xarajatlar) oʻrtasidagi 
nisbatlarning miqdoriy ifodasi. Iqtisodiyotda buxgalteriya balansi, 
ijtimoiy mahsulot balansi, savdo balansi, mehnat resurslari balansi, 
daromadlar va harajatlar balansi, toʻlov balansi va boshqa balanslar 
mavjud. Bu so‘zning xususiyati axborot so‘ziga moslashganini 
ko‘rishimiz mumkin) axborotning miqdor va sifat turlarining 
muayyan muvozanati. U axborot makonining uyg‘unlik holatini 
belgilaydi.
Axborot biznesi - jamiyatning ish faoliyatidagi yangi yo‘nalish. 
U axborot bozorida savdo va oraliq vazifalarini amalga oshirish, 
shuningdek jamiyatni ommaviy axborotlashtirish vositalarini ishlab 
chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ijaraga berish, sug‘urta qilish, moliyaviy 
va ish kuchi bilan taʼminlashlarni tashkil qilish bilan bogʼliq. Aynan 
shu kabi terminlar matbuotning kulminatsiyasi hisoblanadi. Bugungi 
kunda matbuot, biznes xususiyatini ham o‘zida yetarli darajada 
mujassamlashtirgan. Shu boisdan ham bunday terminlar yuzaga 
kelganligini ta'kidlashimiz mumkindir.
Axborot vositachisi – boshqa shaxs nomidan elektron 
hujjatlarni jo‘natuvchi, oluvchi yoki saqlovchi, yoki ushbu 
hujjatlarga nisbatan boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi shaxs. Berilgan 
ma’lumotlarni turli maqsadlarda turlicha yo‘llar bilan ta’minlashda 
128
Tog‘aymurod BEKMURODOV 


ishtirok etiladigan shaxga nisbatan aytiladi.
Axborot jarayonlari - axborotni yaratish, yig‘ish, ishlov berish
to‘plash, saqlash, izlash, tarqatish va isteʼmol qilish jarayonlari.
Hujjatlashtirilgan axborotni foydalanuvchi uchun yig‘ish, 
ishlov berish, to‘plash, saqlash, aktuallashtirish va taqdim etish 
jarayonlari. Bu termin matbuotda yoritilayotgan axborotlarning 
shakllanish jarayonini o‘zida shakllantiradi deyish mumkin.
Axborot makoni – elektron tarmoqlardan foydalangan holda 
paydo bo‘luvchi birlashgan elektron axborot makoni.
Axborot mulkdori – axborotga egalik qilish, undan foydalanish, 
tasarruf etish vakolatlarini qonuniy aktlarga muvofiq tarzda to‘la 
amalga oshiruvchi subyekt. Аxborot resursiga egalik qilish, tasarruf 
etish va foydalanishning yuridik huquqiga ega bo‘lgan axborot 
munosabatlari subyekti. Аxborot resursiga egalik qilish, tasarruf 
etish va foydalanishning yuridik huquqiga ushbu axborot resursini 
meros qilib olgan shaxslar egadir. Kashfiyot, ixtiro, ilmiy-texnikaviy 
ishlanmalar, ratsionalizatorlikka oid takliflar va h.k. mualliflari 
o‘zlari manbai bo‘lgan axborotga egalik qilish, tasarruf etish va 
foydalanishning yuridik huquqiga ega.
Axborot shahri – iqtisodiyotning sanoatlashib bo‘lgan 
infratuzilmasiga ega shahar. Unda asosiy faoliyat turlariga bosh-
qarish, moliyaviy faoliyat, ilmiy tadqiqotlar, oliy taʼlim, madaniyat, 
axborot xizmatlari, OАV ish xizmatlari (reklama, maslahat, axborot 
va boshqa xizmatlari) kirib, ushbu faoliyat turlarida barcha 
ishlovchilarning yarmidan ko‘pi band bo‘ladi.
Bu kabi matbuot va unga aloqador bo‘lgan terminlar bugungi 
kunda O‘zbekistonda ham misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib, 
xilma-xillikka erishganligini ko‘rish mumkin.
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, A.S.Gerdning 
mulohazasiga ko‘ra termin ilm-fan taraqqiyotining muayyan 
bosqichida mavjud tushunchalarning asosiy xususiyatlarini aniq 
va to‘laligicha aks ettiruvchi maxsus terminologik ma’noga ega 
tabiiy va sun’iy til birligi, ya’ni so‘z yoki so‘z birikmasidir. Olimning 
fikrlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, qaysidir davlatda biron-bir 
soha o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga yetganda shu sohaga tegishli 
bo‘lgan terminlar, qolgan soha terminlaridan ko‘ra dominantalik 
chastotasini qo‘lga kiritadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, iste’moldagi 
terminlarning darajasidan kelib chiqib, ma’lum bir davlatda qaysi 
soha ravnaq topganligini bilib olishimiz mumkin bo‘ladi. Demak, 
129
Matbuot va nashriyot terminlari


matbuot va nashriyot terminlarining rivojlanishi yoki qaysidir 
ma’noda faolligining susayishi shu sohaning rivojlanish yoki 
rivojlanmayotganining dalili bo‘la oladi. Xalqqa va shu sohada 
faoliyat yuritayotgan xodimlar iste’moli uchun ehtiyojlar terminning 
yuzaga kelishida muhim omil hisoblanadi.
Hozirda matbuot va nashriyot sohasi yetarli darajada 
rivojlangan davlatlardan kirib kelayotgan uskunalar va xususiyatlar 
bilan birgalikda ularni anglatadigan terminlar ham kirib kelmoqda. 
Bunday terminlarni milliylashtirish yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul 
qilish juda katta mas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi. Bu kabi 
masalalar bugungi kundagi mutaxassislarning oldida turgan muhim 
masalalardan biri sanaladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling