Til va madaniyat
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ot minguncha fursat.
- Ikki o‘q otquncha fursat.
- Oftob bir nayza chiqmoq.
- Zavol vaqti.
Bir sut pishimi. Ushbu birikma o‘ziga xos birlik bo‘lib, asarda
ikki marta ishlatilgan. Sut esa taxminan o‘n-o‘n besh minut oralig‘ida pishadi. Demak, ushbu vaqt birligi ham 10-15 minut oralig‘iga teng. 122 Iroda MAMARAJABOVA Bir sut pishimig‘a yovuq darang qildi (85). Qovun pishig‘i. Ushbu birikma yoz faslining iyul oyi vaqtini ifodalash uchun ishlatilgan. Qovun pishig‘i edi (32). Qilich sug‘urguncha fursat. Asarda bir marta ishlatilgan. Qilichni boldog‘lamaydur erdim, qinida edi, qilich sug‘ur- g‘uncha fursat bo‘lmadi (112). Ot minguncha fursat. Bir marta ishlatilgan. Andin so‘ngra Humoyun bila Komron xabar topib, ot minguncha fursat bo‘lmadi, chuhralarig‘a ko‘tartib, shahr darvozasi bila ark darvozasi orasiga kelib, mulozamat qildilar (258). Ikki namoz orasi. Ushbu birikma asarda o‘n ikki marta ishlatilgan bo‘lib, asosan, asr hamda shom namozi oralig‘idagi vaqt ifodalash uchun qo‘llangan. Bhiraning yovug‘ida bir tirgaz otimi erdin ko‘proq guzar yo‘q edi, o‘zdurub o‘tar edilar, ikki namoz orasida kirgan suvlarni sayr qila otlandim (249). Ikki o‘q otquncha fursat. Ushbu birikma asarda bir marta ishlatilgan bo‘lib, tez ma’nosida ishlatilgan. Sababi, bir o‘q otib, sadoqdan ikkinchi o‘qni olib mo‘ljallab otishga uzog‘i bilan bir necha daqiqagina kerak bo‘ladi, xolos. Yana Karimdod, Hudoydod turkman, bir o‘qkim shastimda edi, Tanbalning duvulg‘asig‘a o‘q ottim, yana sordoqqa ilik elittim, xon dodam bir sarsabz go‘shagir berib edi, ul chiqdi, toshlag‘ali hayfim keldi, yana sordoqqa solg‘ucha ikki o‘q otquncha fursat bo‘ldi ekin (112). Oftob bir nayza chiqmoq. Ushbu birikma asarda uch marta ishlatilgan bo‘lib, quyosh chiqqandan so‘ng, taxminan, yarim soatni ifodalaydi. Oftob bir nayza bo‘yi chiqib erdikim, Sanjiddara oyog‘ida kelib tushuldi (74). Zavol vaqti. Ushbu birikma asarda faqatgini bir marotaba ishlatilgan bo‘lib, quyoshning pastga qarab og‘a boshlash vaqtini ifodalaydi. Bu vaqt, taxminan, kunduzgi o‘n ikkilarga to‘g‘ri keladi. Zavol vaqtig‘acha munda ichildi (273). Bundan tashqari asarda kecha tong otquncha, oftob tulunda, oftob chiq otlanib, oftob yoyila, oftob o‘lturur mahal, oftob chiqarida, tush vaqti, yarim kecha, namozi shom va namozi xuftan orasi, farz vaqtidin namozi peshingacha, oyning to‘rtida, muharram oyining g‘urrasida kabi ko‘plab birikmalar ishlatilgan. Demak, asarda vaqt konseptini ifodalab kelgan birikmalardan 123 “Boburnoma”da vaqt konsepti" shunday xulosa qilish mumkinki, ular bevosita davr, din va millat bilan bog‘liq jarayonlar, holatlar narsa-predmetlar bilan uzviy bog‘liq. Hozir ham o‘zbek tilining ayrim shevalarida ularning aksariyati aynan ma’lum bir vaqtni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Adabiyotlar Бобур энциклопедияси. Тошкент: Шарқ, 2014. Ҳошимова, Д. 2014. Бобурнинг қиёслаш маҳорати. Тошкент: Фан. Иброҳимов, А. 2006. Бобур девони тилидаги ўзлашма лексика. Тошкент: Фан. Ибрагимов, А. 2001. “Бобурнома”даги ҳиндча сўзлар тадқиқи: Филол. Фанлари номзоди.. дисс.: Тошкент. Жиянова Назокат. 2012. “Бобурнома”даги нумератив сўзлар. Тошкент: Тафаккур. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling