Til va madaniyat


Tarjimada milliylikni aks ettirish usullari


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

Tarjimada milliylikni aks ettirish usullari
Tarjimada milliylikni aks ettirish usullari haqida Sharq-u 
G‘arb olimlari koʻplab tajribalar oʻtkazgan va turli qonun-qoidalar 
yaratgan boʻlsalar-da, konkret asardagi milliy realiyalarni oʻgirishda 
doimo aniq bir koʻrsatma berib boʻlmaydi.
Hozirgi Sharq tillaridan G‘arb tillariga yoki aksincha qilingan 
tarjimalar tahlili jarayonida tarjimashunoslik fani oldida turgan 
muammolar, bir qator turmush tarzida koʻplab oʻxshashliklar 
134
Ziyoda KASIMOVA 


boʻlishidan tashqari, ularning san’atga, adabiyotga boʻlgan 
qarashlaridan ham uyg‘unlikni sezish mumkin.
Qadim-qadimdan davom etib kelayotgan quda-andalik 
an’analari, umumiy bozor, mehnat vositalari va shakllarining 
koʻplab oʻxshash tomonlari bor. Bularning hammasi birgalikda 
xalqlarimizning urf-odati, ma’naviy qarashlarida umumiy oʻxshash 
tomonlarini yaratgan. 
O‘zbek millati va o‘zbek xalqiga xos, o‘zbek madaniy hayotini 
ifodalovchi realiyalarning tarjimada rus tilida berilishi haqida so‘z 
yuritar ekanmiz, shuni ta’kidlash joizki, tarjimonlar ularni ifodalashda 
tarjimaning transliteratsiya usullaridan keng foydalanadilar. Quyida 
Аbdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” romanining 
o‘zbek tilidan rus tiliga qilingan tarjimasini tadqiq qilish asosida 
aniqlangan bir qator misollarni keltirib o‘tamiz:
O‘zbek madaniyatida chopon kiyim ustidan kiyiladigan, ichiga 
paxta solib qavilgan uzun milliy kiyim [O‘TIL 2008, 506] bo‘lib, 
muhim ahamiyatga ega. Chunki o‘zbeklarning ko‘pgina urf-odat 
va marosimlarida, xususan, beshik to‘yi, fotiha, aza marosimlarida 
choponning alohida vazifasi mavjud:
Бу қандай чопон? [Qodiriy 2004, 47]. Unashilganidan bexabar 
Otabek tomonidan aytilgan ushbu gapning tarjimasini ko‘ramiz:
Что это за халат? [Кадыри 2009, 53].
Rus tilining izohli lug‘atida халат so‘zi quyidagicha berilgan:
ХАЛАТ, -а, м. Домашняя или рабочая одежда, запахиваю-
щаяся или застегивающаяся сверху донизу [Ожегов, Шведова 
1935, 985]. 
Yuqoridagi tarjimada choponning ustki kiyim ekanligi 
hamda shakli asos qilib olingan, biroq oʻzbek milliy kiyimi oʻzining 
mohiyatini yoʻqotgan.
Hasanali nutqidan misol: Дунёдан чароғчисиз бораман 
[Qodiriy 2004, 47].
Ma’lumki, chiroq so’zi ko’chma ma’noda farzand yoki yaqin 
odam deganidir. O’zbek xalqida chirog‘ini yoqish, ya’ni marhumdan 
keyin uning uy-joyini obod qilib asrash [O‘TIL 2008, 493] kabi milliy 
tushuncha mavjud. Shu mazmundagi maqol ham bor: O‘g‘il yoqqan 
chiroqni qiz ham yoqar [O‘TIL 2008, 493]
Ruscha tarjimada:
А ни сына, ни дочери нет у меня [Абдулла Кадыри 2009, 
52].
Tarjimada ko’rinib turibdiki, farzandsizlik mohiyatan aks 
etgan, ammo marhumdan keyin uning uy-joyini obod qilib asrash 
135
Urf-odatni ifodalovchi realiyalar: asliyat va tarjima


tushunchasi o‘z aksini topmagan.
O‘zbek urf-odatiga ko‘ra, kelinni yoki yangi tug‘ilgan 
bolani birinchi marta ko‘rishda yaqin kishilar, qarindosh-urug‘lar 
tomonidan beriladigan sovg‘a ko‘rmana deb ataladi. Asarning 
ruscha tarjimasida подарка tarzida ifodalangan bo‘lib, biror sabab 
bilan sovg‘a berish ma’nosi ochib berilgan, aynan kelinni yoki yangi 
tug‘ilgan bolani birinchi marta ko‘rishda beriladigan sovg‘a semasi 
to‘liq aks etmagan.
“O’tkan kunlar” asari tarjimasida milliy urf-odatlarni 
ifodalovchi realiya birliklar transliteratsiya (aynan ifodalash), 
izohlash va ekvivalent birliklar bilan ifodalash tamoyillari asosida 
tarjima qilingan: nisholda (нишалда), yor-yor (яр-яр), tavanxona 
(таванхана), suyunchi (суюнчи), bosh-oyog‘ kiyim (полная сарпа), 
o'g’ilmi yoki holva (мальчик или халва).
Xulosa
Deyarli ko'p o'rinlarda realiyalar muvaffaqiyatli tarjima 
qilingan bo'lsa-da, ba’zi o’rinlarda semantik jihatdan mos bo'lmagan 
tarjimalar ham uchraydi (choponning халат, hujraning комната
osh berishning угощение tarzda berilishi kabi). Bunday holatda 
realiya o'zining madaniy semasidan uzoqlashib, faqat vazifasiga 
ko’ra o’xshatilgan.
Realiyalarning ma’lum xalq madaniyatini ifodalovchi birliklar 
ekanligini inobatga olib, ularning asl mohiyatini tarjimada aks 
ettirish muhimdir. Buning uchun realiyalarni transliteratsiya qilib, 
ularning ma’no-mazmunini havola qilish, izohlash, sharhlash kabi 
usullardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling