Vaqt konseptini birikmalar yordamida ifodalash
Ma’lumki, birikmalar ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro
birikuvidan hosil bo‘ladi. Ular ma’lum grammatik vositalar yorda-
mida ham, balki faqatgina ohang yordamida ham o‘zaro bog‘lanishi
mumkin. Masalan, daftarning varog‘i, gazetani o‘qimoq, kitob haqida
suhbatlashmoq kabi birikuvlarda so‘zlar o‘zaro kelishik, egalik
qo‘shimchalari hamda ko‘makchilar yordamida bog‘langan. Sokin
kuy, chiroyli qiz, to‘satdan kulmoq kabi birikuvlarda so‘zlar faqat
ohang yordamida bog‘lanmoqda. Yana bog‘lanishning shunday turi
borki, u izofa deb yuritiladi. Izofa o‘zbek tili uchun xos emas, asosan,
arabiy hamda forsiy tillarda ko‘p uchraydi. Izofa mohiyatan o‘zbek
tilidagi qaratqich-qaralmish munosabatiga o‘xshaydi.
Farz vaqti. Ushbu birlik asarda erta tong ma’nosini ifodalash
uchun qo‘llangan bo‘lib [Bobur 2014, 476], asarda sakkiz marta
ishlatilgan. N.Jiyanovaning fikriga ko‘ra esa asardagi farz vaqti
birikmasi aslida fajr vaqti deb nomlangan bo‘lishi kerak [Jiyanova
2012, 84]. N.Jiyanovaning fikricha, farz vaqti deyilganda ertalabgi
bomdod vaqti hamda kunduzgi soat 1-2 orasi tushunilgan [Jiyanova
2012, 84].
Farz vaqtidin namozi peshingacha urushurlar (414).
Naqora vaqti. Ushbu vaqt tun yarmiga to‘g‘ri keladi.
Bu yurttin naqora vaqti ko‘chub, chosht bo‘la Sangdaki ko‘talining
tubig‘a tushub, namozi peshin andin ko‘chub, ko‘tal va ro‘dtin o‘tub,
bir balandig‘a tushuldi (133).
Namozi bomdod. Ushbu izofa asarda uchta joyda ishlatilgan.
Islomdagi besh mahal ado qilinadigan farz namozlaridan birinchisi
hisoblandi.
Rapriy parganalaridin Jakiyn otliq pargana to‘g‘risida
kemalarni yoqag‘a tortib, ul oxshom kemada-o‘q bo‘lduk. Andin
subhdin burunroq kemalarni yurutub, orada namozi bomdodni
o‘taduk (210).
Do'stlaringiz bilan baham: |