Til va madaniyat
E-pochta: bekmurodovtogaymurod@gmail.com Iqtibos uchun
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terminlarni tanlash va mano xususiyatlari
E-pochta: bekmurodovtogaymurod@gmail.com
Iqtibos uchun: Bekmurodov, T. P. 2021. “Matbuot va nashriyot terminlari". O‘zbekiston: til va madaniyat 1 (1): 124–131. Uzbekistan: Language and Culture 2021/1(1) 124 va nashriyot terminlari u anglatayotgan tushunchaga qanchalik yaqin bo‘lsa, shunchalik iste’molga kirishi va o‘zlashtirishi oson bo‘lishi barchamizga yaxshi ayon, qolaversa, matbuot va nashriyot terminlarida rivojlangan davlatlar va unga yondosh mamlakatlar o‘rtasida integratsiya natijasida yangilanib, boyib boradi, terminlar tug‘ilaveradi. Bu jarayonni esa shu sohada ishlovchi yoki til va adabiyot sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar oldiga ma’lum bir vazifalarni qo‘yadi. Bu vazifalar bugungi kunda o‘z dolzarbligini yanada oshirib borayotgan sohalardan hisoblanadi. Bu kabi jarayonlar shu sohada ko‘proq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ehtiyojini yanada oshirmoqda. Biz shu o‘rinda terminologiya nima va u qanday vujudga kelishiga oid mulohazalar yuritishni joiz deb topdik. Terminlarni tanlash va ma'no xususiyatlari X.Xyuellning qayd etishiga ko‘ra, terminologiya muayyan fanga oid terminlar yoki texnika sohasida qo‘llanadigan so‘zlar yig‘indisidir. Biz terminlar ma’nosini anglash orqali ular ifodalaydigan tushunchalardan ham voqif bo‘lamiz. Yangi kirib kelayotgan turli sohadagi terminlarni izohlar ekanmiz ularning kelib chiqish tamoyillari va sabablarini ham ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bu jarayon terminning tushunarliligini va eslab qolish osonligi darajasini oshiradi. Binobarin, xalqning terminlar yuzasidan kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etishda terminning nomi va u anglatayotgan tushuncha o‘rtasidagi yaqinlik, bu terminning yashovchanligini darajasini orttiradi. Shu ma’noda, bugungi kunda jahon matbuotida, xususan, O‘zbekistondagi matbuot yo‘nalishida faol iste’molda bo‘lgan terminlarga to‘xtalib, ularning mohiyatini ochib berishga harakat qilamiz. Reklama (lot. reklamo – qichqirmoq) – tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan koʻriladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan maxsus axborot hamda marketingning tarkibiy qismi hisoblanib, talab va isteʼmolchilar didining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Korxona imijini yaratish (uzoq davrli taʼsir koʻrsatish), joriy sotish hajmini koʻpaytirish (qisqa davrli taʼsir koʻrsatish), xaridorlarga nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi. Reklamaning paydo boʻlish tarixi juda qadimiy bo‘lib, Yunoniston va Qadimgi 125 Matbuot va nashriyot terminlari Rimda ogʻzaki va yozma maʼlumotlar uchraydi. Hozirgi shakldagi reklama esa ilk marta AQShda 19-asrning 2-yarmida birinchi reklama agentliklari faoliyat koʻrsatgan bu esa katta daromad keltira boshlagan. Dastlab yozma reklama xaridorlarni magazin va unda sotiladigan tovarlardan xabardor qilish vazifasini bajargan. Bu ish taxtalavha yozish va vitrinalar tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Keyinchalik reklama potensial xaridorga nashrlar orqali murojaat shakliga aylandi – afishalar, kitoblar, jurnallar, gazetalarda axborot reklama eʼlonlari paydo boʻlib, reklama ishiga ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, kino) jalb etildi. Reklama bir necha vazifani bajaradi: 1) tovarlar va xizmatlar isteʼmolchilarini xabardor qilish, maʼlumot berish vazifasi – eʼlonlarida tovar va xizmatlarning sifati, ishonchliligi, ularni qoʻllash sohalari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yoʻllari haqida maʼlumot beriladi; 2) ishontiruvchi – mavjud tovarga isteʼmolchi va xaridorlarlarning moyilligini oshirishga xizmat qiladi; 3) eslatuvchi – mavjud, ammo bir qadar unutilgan talabni, хaridorlarning oʻzlari uchun maʼlum boʻlgan tovarlarga munosabatni kengaytirishda muhim oʻrinda turadi. Jurnalist – asosiy faoliyati jurnalistika bilan shug‘ullanish bo‘lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan to‘ldiruvchi kishi. Jurnalistlar asosan publisistik faoliyatga yo‘nalgan bo'lib (kolumnistlar), ular o‘z oldiga ma'lum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, davlat hokimiyatining u yoki bu qaror va harakatlariga tahrirlovchi sifatida ta’sir qilish va nashr, radio yoki telekanal ta’sischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat o‘rtasidagi vositachi bo‘lishni maqsad qiladi. Muxbir – tahririyat tarkibida jurnalist sifatida xizmat qiluvchi xodim; 1) bevosita tahririyatda ishlamaydigan, ammo ommaviy axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs; 2) boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqish uyushti- ruvchi gazeta, jurnal, radio, televideniye tahririyati xodimi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling