Til va nutq aloqasi
O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 40.66 Kb.
|
altyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.Qo‘llanish davriga ko‘ra chegaralangan leksika haqida ma’lumot
5. O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari
11.Hozirgi o‘zbek adabiy tili davri bo’yicha ma’lumot bering. . Hozirgi o‘zbek adabiy tili (XX asrning 20-yillaridan boshlab hozirgi kungaсha). ХХ asr boshlariga kelib jadidсhilik oqimi vakillari o‘zbek milliy tilining taraqqiyoti uсhun kurash olib bordilar. Ularning sa’yi harakatlari bilan o‘zbek milliy alifbosi qabul qilindi. Yuqori tabaqalar tilida va badiiy adabiyotda keng tarqalgan ko‘plab arabсha va forsсha so‘zlar o‘rniga хalq tilida mavjud bo‘lgan so‘z va iboralar adabiy tilga kiritildi. Adabiy til хalq tiliga imkon qadar yaqinlashtirildi. Biroq sobiq ittifoq davrida o‘zbek tili taraqqiyotiga yetarliсha e’tibor berilmadi. O‘zbek tili rus tili ta’sirida qolib ketdi va ko‘plab rusсha so‘z va iboralar zo‘rama zo‘raki ravishda o‘zbek tiliga qabul qilindi. 12.Qo‘llanish davriga ko‘ra chegaralangan leksika haqida ma’lumot bering. Qo‘llanilishi chegaralangan leksemalarni ikki turga bo‘lish mumkin: a) qo‘llanilishi davrga ko‘ra chegaralangan leksika; b) qo‘llanilish doirasi chegaralangan leksika. Qo‘llanilish davri chegaralangan leksika. Davr taraqqiyoti, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarish tilning barcha sohalarida u yoki bu darajada o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Bunday o‘zgarish tilning leksik sathida ancha sezilarli kechadi. Bunda to‘rt holat kuzatiladi. Birinchidan, ayrim so‘zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi kuzatilsa, ikkinchidan, allaqachonlar iste’moldan chiqib ketgan so‘zlar qayta «jonlanadi», «tiriladi», uchinchidan, yangi-yangi so‘zlar paydo bo‘ladi, to‘rtinchidan, nofaol so‘zlar faollashadi, iste’mol doirasi kengayadi, ma’noviy tabiatida o‘zgarish yuz beradi. Bu hodisalarning barchasi ma’lum bir obyektiv sabab asosida ro‘y beradi. Hozirgi tildagi eskirgan so‘zlar eski leksika, yangi so‘zning jami yangi leksika, na eskirgan, na yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar betaraf leksika deb yuritiladi. Demak, o‘zbek tili leksikasini tarixiylik nuqtayi nazaridan uchta asosiy qatlamga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1. Betaraf leksika. 2. Eskirgan leksika. 3. Yangi leksika. Betaraf leksika. Hozirgi o‘zbek tili leksikasining asosini betaraf leksika tashkil etadi. Bu leksika umumiste’mol leksika, qo‘llanilishi chegaralanmagan leksika, faol leksika kabi atama bilan ham yuritiladi. Ammo bulardan neytral leksika atamasini ishlatish leksemani tarixiylik belgisi asosida tasniflash nuqtayi nazaridan to‘g‘riroq. Zero, na eskilik, na yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘z faol yoki umumiste’mol bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sinus, kosinus, zaryad kabi leksemalar neytral leksika tarkibiga kiradi. Biroq ular faol ham, umumiste’mol so‘zlar ham emas. Demak, faol yoki nofaol, umumiste’mol yoki qo‘llanishi chegaralangan bo‘lishidan qat’i nazar, eskilik va tilimizga mansub barcha yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan leksema hozirgi o‘zbek tilining betaraf leksikasi deyiladi. Eskirgan leksika. Eski qatlamga oid leksemalar o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) tarixiy leksema; 2) arxaik leksema. Tarixiy leksema hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanuvchi o‘tmishga oid, iste’moldan chiqib ketgan narsa-hodisani bildiruvchi leksemadir. Masalan, sovut, qozi, qalqon, dubulg‘a, amir, bek, qul, xon, kashkul kabi. Tarixiy leksema bildiradigan narsa-hodisa iste’moldan chiqib, o‘tmish voqeligiga aylanganligi sababli, bu leksemaning ko‘pchiligi hozirgi davr kishisi uchun notanish bo‘lishi mumkin. Tarixiy leksema hozirgi o‘zbek tilida ham zarurat taqozosiga ko‘ra qo‘llaniladi. Xususan, tarixga oid ilmiy asar va darsliklarda, o‘tmish voqealarini aks ettiruvchi badiiy asarlarda bunday leksema cheklanmagan darajada ishlatilishi mumkin Birinchi gapda millat leksemasining «tarixan tashkil topgan madaniyati, tili, huquqi, iqtisodiy hayoti va ruhiy xususiyatlarining umumiyligi asosida vujudga kelgan kishilar guruhi» sememasi voqelangan bo‘lib, leksema neytral leksika tarkibida ushbu sememasi bilan yashasa, ikkinchi gapda uning «biror dinga mansublik» tarixiy sememasi voqelanganligi kuzatiladi. Demak, ko‘p sememali leksemaning ayrim sememalari eskirib, boshqasi yashovchan bo‘lishi mumkin. Arxaizm o‘z o‘rnini boshqa leksemaga bo‘shatib bergan leksik birlik. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida ayrim narsa-hodisa boshqa leksema bilan atalib, avvalgilari iste’moldan chiqib ketadi. Misollar: ulus (xalq), lang (cho‘loq), tilmoch (tarjimon). Arxaik leksema o‘zining neytral leksika tarkibidagi «o‘rinbosar»ining «tarixiylik bo‘yog‘i» ifoda semasi bilan farqlanuvchi sinonimidir. Ular atash va vazifa semalari mushtarak birliklar. Tilda bo‘ladigan o‘zgarish uzoq davom etadigan tadrijiy jarayon. Shu boisdan yangi leksema tilga birdan kirib kelmaganligi kabi leksemaning tarixiylashuvi va arxaiklashuvi ham asta-sekinlik bilan yuz beradi. Shu boisdan tarixiylashish va arxaiklashish hodisasini ham darajalash mumkin. Tarixiylashish yoki arxaiklashishning quyi darajasidagi leksema tilning bugungi bosqichida kam bo‘lsa ham, iste’molda bo‘lsa, yuqori darajadagi eskirish natijasida leksema butkul iste’moldan chiqib ketadi. Yangi leksika tilda yangi paydo bo‘lgan va yangilik bo‘yog‘i sezilib turgan leksemalardir. Ular ilmiy terminologiyada neologizm deb yuritiladi. Yangi leksema va yangi so‘zni farqlash lozim. (Masalan, (kitobchi), (kompyutershunos), (zakovatchi) birliklari). Yangi leksika esa tilimizdan joy olgan yangi leksemadan tarkib topadi. Yangi leksikani ikkiga bo‘lish mumkin: a) sof yangi leksema tilimiz uchun aslida begona, lekin unga endigina kirib kelib o‘rnashgan boshqa tilga xos leksik birlik (lizing, audit, market, test, internet va h. Yangi leksema, asosan, terminologik birlik. Yangi leksema davr o‘tishi bilan neytral leksika tarkibiga o‘tib ketadi. Masalan, yaqin vaqtgacha neologizm sifatida qaralgan kosmos, televideniye leksemalari bugungi kunda yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotdi; b) faollashgan leksema yangi leksikaning turlaridan bo‘lib, ular iste’mol-dan chiqib ketgan va bugungi kunda qayta qo‘llanila boshlagan birliklardir. Hokim, viloyat, tuman, oqsoqol, sardor kabi leksema shular jumlasidan. Shuningdek, yangi ma’no kasb etgan birliklar ham yangi leksika tarkibida qara-lishga haqli: savdogar, tadbirkor, ishbilarmon, biznes va h. k. Faollashgan leksema sof yangi leksemadan farqli o‘laroq, o‘z qatlamga oid ham, o‘zlashma qatlamga oid ham bo‘lishi mumkin. Bu leksemaning umumiste’mol leksema sirasiga o‘tib ketishi juda tez yuz beradi. Qo‘llanilish doirasi chegaralangan leksika. Qo‘llanilish doirasi chegaralangan leksikani uchga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1) dialektal leksika; 2) terminologik leksika; 3) noadabiy leksika (argo va jargon). Dialektal leksika. Ma’lum bir hududda yashovchi kishilar nutqiga xos leksema dialektal leksika deyiladi. Ular ilmiy terminologiyada dialektizm deb yuritiladi. Misollar: kalapo‘sh (Buxoro) – do‘ppi, g‘o‘z (Xorazm) – yong‘oq, mishiq (Farg‘ona) – mushuk, poku (Samarqand) – ustara. Terminologik leksika. Terminologik leksikani ikkiga ajratish mumkin: 1) adabiy tilga mansub terminologik leksika; 2) dialektal terminologik leksika. Jargon ham qo‘llanishi chegaralangan leksika tarkibiga kiradi (frans. jargon). Kasbi, jamiyatdagi o‘rni, qiziqishi, yoshiga ko‘ra alohida sotsial guruhni tashkil etgan kishilarning, asosan, og‘zaki nutqida ishlatiladigan va ma’nosini boshqalar ko‘p hollarda anglab yetavermaydigan birliklar jargon deyiladi. Masalan, programmistlar jargoni, talabalar jargoni, mahbubslar jargoni, o‘g‘rilar jargoni, artistlar jargoni va h. Jargon umumxalq tilidan maxsus leksikasi va frazeologiyasi hamda yasovchi vositalarining o‘ziga xos tarzda qo‘llanishi bilan farqlanadi: 1) talabalar jargoni: yopmoq (sessiyani tugatmoq), воздух (stipendiya), yaxlamoq (imtihondan qaytmoq), quloq (chaqimchi), chizmoq (qochmoq); 2) yoshlar jargoni: g‘isht (xunuk), sindirmoq (lol qilmoq), крутой (ketvorgan), рисовка (ko‘z-ko‘z qilmoq), uxlatmoq (aldamoq), стрелка (uchrashuv), tashlashmoq (tortishmoq), baks (dollar), muzlatmoq (harakatdan to‘xtatmoq); 3) harbiy xizmatchilar jargoni: dux (yangi kelgan askar), salyaga (bir-ikki oy xizmat qilgan askar), fazan (xizmatning yarmini o‘tagan askar) ded (xizmatdan qaytishi yaqinlashgan askar), diskoteka (oshxona naryadi). Jargonlar tarkibi boshqa tildan olingan o‘zlashma birlik bilan boyib boradi. Tez-tez yangilari bilan almashib turadi. Ayrim soha vakillari va soha guruhlari nutqiy tejamkorlik, qulaylik uchun ham jargon qo‘llaydi. Jargonning kelib chiqishi, qo‘llanilishi, turi kabi masalalar – sotsiolingvistikaning o‘rganish manbai. Argo (fransuz. argot) ayrim professional yoki sotsial guruhning o‘ziga xos tili. Argo bir necha til unsurlaridan iborat qorishiq va ko‘p hollarda, boshqalarga tushunarsiz nutq turida namoyon bo‘ladi. Argo nutqda kommunikatsiya predmetini sir tutish maqsadida qo‘llanadi: 1) o‘g‘rilar nutqida: mandarin (tilla), akula (panjarani kesish uchun moslama), kalamush (o‘z yaqinlarinikiga «tushadigan»), urkagan (tajribali o‘g‘ri); mahbuslar nutqida: maymun (oyna), shobla (qalloblar guruhi), bashli (pul) krokodil (qaychi), lebed (geroin), ment (militsioner), xafa qilmoq (zo‘rlamoq), pushka (pistolet). Argotizmlar turli koloniya, turma, guruh va hududlarda farqlanadi. Argo ham jargon kabi so‘zlashuv nutqida va badiiy adabiyotda sotsial-ramziy vazifa bajarish uchun ishlatiladi. O‘zbek tilshunosligida jargon va argo ilmiy tadqiq qilinmagan. Download 40.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling