Til va nutq aloqasi
Eski so’zlar haqida ma’lumot bering
Download 40.66 Kb.
|
altyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16. Tarixiy so’zlar haqida ma’lumot bering
- 17. Betaraf leksika haqida gapiring
14.Eski so’zlar haqida ma’lumot bering. Eski so'zlar - bu so'zlar, zamonaviy yoki boshqa sabablarga ko'ra ishlatilmaydigan maxsus so'z guruhidir. Ular ikki qavatga bo'linadi - tarixiy va orqachilik. Bu ikkala guruh ham bir-biriga o'xshashdir, biroq bir muhim farqlar mavjud.
15. Arxaizm haqida ma’lumot bering. Arxaizm o‘z o‘rnini boshqa leksemaga bo‘shatib bergan leksik birlik. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida ayrim narsa-hodisa boshqa leksema bilan atalib, avvalgilari iste’moldan chiqib ketadi. Misollar: ulus (xalq), lang (cho‘loq), tilmoch (tarjimon). Arxaik leksema o‘zining neytral leksika tarkibidagi «o‘rinbosar»ining «tarixiylik bo‘yog‘i» ifoda semasi bilan farqlanuvchi sinonimidir. Ular atash va vazifa semalari mushtarak birliklar. 16. Tarixiy so’zlar haqida ma’lumot bering. Tarixiy leksema hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanuvchi o‘tmishga oid, iste’moldan chiqib ketgan narsa-hodisani bildiruvchi leksemadir. Masalan, sovut, qozi, qalqon, dubulg‘a, amir, bek, qul, xon, kashkul kabi. Tarixiy leksema bildiradigan narsa-hodisa iste’moldan chiqib, o‘tmish voqeligiga aylanganligi sababli, bu leksemaning ko‘pchiligi hozirgi davr kishisi uchun notanish bo‘lishi mumkin. Tarixiy leksema hozirgi o‘zbek tilida ham zarurat taqozosiga ko‘ra qo‘llaniladi. Xususan, tarixga oid ilmiy asar va darsliklarda, o‘tmish voqealarini aks ettiruvchi badiiy asarlarda bunday leksema cheklanmagan darajada ishlatilishi mumkin Birinchi gapda millat leksemasining «tarixan tashkil topgan madaniyati, tili, huquqi, iqtisodiy hayoti va ruhiy xususiyatlarining umumiyligi asosida vujudga kelgan kishilar guruhi» sememasi voqelangan bo‘lib, leksema neytral leksika tarkibida ushbu sememasi bilan yashasa, ikkinchi gapda uning «biror dinga mansublik» tarixiy sememasi voqelanganligi kuzatiladi. Demak, ko‘p sememali leksemaning ayrim sememalari eskirib, boshqasi yashovchan bo‘lishi mumkin. 17. Betaraf leksika haqida gapiring. Betaraf leksika. Hozirgi o‘zbek tili leksikasining asosini betaraf leksika tashkil etadi. Bu leksika umumiste’mol leksika, qo‘llanilishi chegaralanmagan leksika, faol leksika kabi atama bilan ham yuritiladi. Ammo bulardan neytral leksika atamasini ishlatish leksemani tarixiylik belgisi asosida tasniflash nuqtayi nazaridan to‘g‘riroq. Zero, na eskilik, na yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘z faol yoki umumiste’mol bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sinus, kosinus, zaryad kabi leksemalar neytral leksika tarkibiga kiradi. Biroq ular faol ham, umumiste’mol so‘zlar ham emas. Demak, faol yoki nofaol, umumiste’mol yoki qo‘llanishi chegaralangan bo‘lishidan qat’i nazar, eskilik va tilimizga mansub barcha yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan leksema hozirgi o‘zbek tilining betaraf leksikasi deyiladi. Download 40.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling