so‘zlashuvchilarning bir qanchasi Xitoy Xalq Respublikasida (Ichki Mo‘g‘uliston
ham Sin‘szanda) yashaydi;
b)
buryat tili. Burt respublikasida yashovchi asosiy xalqning tili bo‘lib, bu
tilda 270 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi;
v)
qalmiq tili. Qalmiq respublikasida yashovchi xalqlarning tili bo‘lib, bu
tilda 105 ko‘proq kishi so‘zlashadi.
VII. Tungus-manjur tillari.
1). Tungus guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a)
evenk tili. Rossiya Federasiyasining
Evenk milliy okrugida hamda
mamlakatimizning shimoli-sharqiy tumanlarida yashovchi xalqning tili bo‘lib, bu
tilda 20 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b)
even tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 10 mingcha kishi bo‘lib, ular asosan
Rossiya
Federasiyasining Even, Oxot, Chukotka,
Koryak milliy okruglarida
yashaydi.
3. Manjur guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a)
manjur tili. Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-Sharqiy qismida
yashovchi xalqning tili bo‘lib, bu til hozir o‘lik tillar qatoriga o‘tyapti;
b)
nanay tili. Rossiya Federasiyasining
Quyi Amur milliy okrugida
yashovchi xalqning tili bo‘lib, bu tilda 8 ming kishi so‘zlashadi.
Udey, ulq, oroch tillari ham manjur guruhidagi tillarga kiradi.
VIII. Xitoy-Tibet tillari oilasiga tay-xitoy va tibet tillari guruhlari kiradi.
1.
Tay-xitoy guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a)
xitoy tili. Xitoy Xalq Respublikasining (poytaxti Pekin) davlat tili bo‘lib,
bu tilda bir milliarddan ko‘p kishi so‘zlashadi. Xitoy tili bir necha mustaqil
dialektlarga bo‘linadi. U juda qadimgi (eramizdan ikki yarim ming yil burungi)
tillardan biri bo‘lib, boy yozuv-yodgorliklariga egadir;
b)
dungan tili. Bu tilda so‘zlashuvchi xalqning soni 3,5
million kishidan
ortiq bo‘lib, ular asosan, Xitoy Xalq Respublikasida so‘zlashadi;
g)
vetnam tili. Vetnam Xalq demokratik Respublikasining (poytaxti Xanoy)
davlat tili bo‘lib, bu tilda 30 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
d)
tay (siam) tili. Tailandning (poytaxti Bangkok) davlat tili bo‘lib, bu tilda
46 millionga yaqin kishi so‘zlashadi.
2.
Tibet tillari. Bu tilda so‘zlashuvchilar 4 milliondan ortiq kishi bo‘lib, ular
asosan, Xitoy Xalq Respublikasining Tibet avtonom tumanida va Hindistonda
yashaydi;
b)
birma tili. Birma Ittifoqining (poytaxti Rangun) davlat tili bo‘lib, bu tilda
33 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. Assam tillari ham tibet tillari guruhiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: