g) kabardin-cherkes tili. Bu til Kabarda-Balkar va Cherkas Respublikalarida
yashovchi xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 250 mingdan ortiq kishi
so‘zlashadi.
2.
Veynax guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a)
chechen tili. Bu til Chechen respublikasida yashovchi
xalqlarning davlat
tili bo‘lib, unda 500 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b)
ingush tili (bu tilda 100 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi, ular Ingush
respublikasida yashaydi);
g)
basbi tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar Chechen va Ingush Respublikalarida
yashaydi.
3. Dog‘iston guruhiga Dog’iston respublikasida yashovchi xalqlarning
tillari kiradi:
a) avar tili. Bu tilda 300 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b)
dargin tili. Bu tilda 160 ming kishi so‘zlashadi;
v)
lazgin tili. Bu tilda 230 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
d)
lak tili. Bu tilda 70 ming kishi so‘zlashadi;
e)
tabassaran tili. Bu tilda 34 ming kishi so‘zlashadi.
Bulardan tashqari, nufuzi kam bo‘lgan bir qancha tillar ham dog‘iston guruhiga
kiradi. Bu tillarda so‘zlovchilarning aksariyati Dog‘iston Avtonom
Respublikasida yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: