Til va nutq ekologiyasi
Roman tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Til va nutq ekologiyasi
6.
Roman tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) fransuz tili. Bu til Fransiyaning (poytaxti Parij) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 60 million kishi so‘zlashadi; b) italyan tili. Bu til Italiyaning (poytaxti Rim) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 50 millionga yaqin kishi so‘zlashadi; v) ispan tili. Bu til Ispaniyaning (poytaxti Madrid) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 95 millionga yaqin kishi so‘zlashadi; g) portugal tili. Bu til Portugaliyaning (poytaxti Lissabon) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 45 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi; d) rumin tili. Bu til Ruminiya Respublikasining (poytaxti Buxarest) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 18 millionga yaqin kishi so‘zlashadi; e) moldava tili. Bu til Moldaviya respublikasining (poytaxti Kishinev) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 2 millionga yaqin kishi so‘zlashadi; j) provansal tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 10 milliondan ko‘p kishi bo‘lib, ular Fransiyaning janubi-sharqida yashaydi; z) sardin tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar bir milliondan ortiq bo‘lib, ular Italiyaga qarashli Sardiniya orolida yashaydi; i) katalan tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar besh milliondan oshiq kishi bo‘lib, ular asosan, Ispaniyada yashaydi; k) reto-roman tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 550 ming kishi bo‘lib, ularning aksariyati Italiyada yashaydi. O‘lik tillardan latin, osk, umbr tillari ham roman tillari guruhiga kiradi. 7. Kelt tillari guruhiga quyidagilar kiradi: a) irland tili. Bu til Irlandiya Respublikasining (poytaxti Dublin) davlat tilib bo‘lib, bu tilda 800 ming kishi so‘zlashadi; b) shotland tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 140 mingdan ko‘p kishi bo‘lib, ular Angliyada yashaydi; v) breton tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar bir milliondan ortiq kishi bo‘lib, ular Fransiyaga qarashli Bretan‘ yarim orolida yashaydi; d) uel‘s (valli) tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar bir milliondan ortiq kishi bo‘lib, ular Angliyaning g‘arbiy qismida yashaydi. O‘lik tillardan gal va kornoul tillari ham kal‘t tillari guruhiga kiradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling