Til va nutq ekologiyasi
Slavyan tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Til va nutq ekologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- German tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi
Slavyan tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) rus tili. Bu til RSFSR ning (poytaxti Moskva) davlat tili bo‘lib, bu tilda 150 million kishi so‘zlashadi; b) ukrain tili. Bu til Ukraina respublikasining (poytaxti Kiev) davlat tili bo‘lib, bu tilda 40 milliondan ko‘proq kishi so‘zlashadi. v) belorus tili. Bu til Belorussiya respublikasining (poytaxti Minsk) davlat tili bo‘lib, bu tilda 10 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. g) bulg‘or tili. Bu til Bulg‘oriya Respublikasining (poytaxti Sofiya) davlat tili bo‘lib, bu tilda 9 millionga yaqin kishi so‘zlashadi; d) serb-xorvat tillari. Bu tillar Yugoslaviya Federativ Respublikasining (poytaxti Belgrad) davlat tili bo‘lib, bu tilda 10 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi; e) chex tili. Bu til Chexoslavakiya Respublikasining (poytaxti Praga) davlat tili bo‘lib, bu tilda 10 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi; j) slovak tili. Bu tilda 4 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. Bu til ham Chexoslavakiya respublikasining davlat tili hisoblanadi. Bu tilda so‘zlashuvchilar Slovakiyada (poytaxti Bratislava) yashaydi; z) polyak tili. Bu til Pol‘sha Respublikasining (poytaxti Varshava) davlat tili bo‘lib, bu tilda 40 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. Bundan tishqari, kashub, serboluj tillari, o‘lik tillardan qadimgi slavyan, polab, pomor tillari ham slavyan tillari guruhiga kiradi. 4. Boltiq tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) litva tili. Bu til Litva respublikasining (poytaxti Vil‘nyus) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2,2 million kishi so‘zlashadi; b) latish tili. Bu til Latviya respublikasining (poytaxti Riga) davlat tili bo‘lib, bu tilda 1,5 million kishi so‘zlashadi. O‘lik tillardan prus tili ham boltiq tillari guruhiga kiradi. 5. German tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) ingliz tili. Bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 400 millionga etadi. Bu tilda so‘zlashuvchilar Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shimoliy Amerika Shtatlari, Kanada, Janubiy Amerika Ittifoqi va boshqa joylarda yashaydi. Ingliz tili buyuk Britaniya (Poytaxti London), Shimoliy Amerika Qo‘shma Shtatlari (poytaxti Vashington), Kanada (poytaxti Ottava) kabi bir qancha mamlakatlarning davlat tilidir; b) nemis tili. Nemis tili Germaniya Federativ Respublikasining (poytaxti Berlin), Avstriya Respublikasining (poytaxti Vena davlat tili bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 100 milliondan oshadi); v) daniya tili. Bu til Daniyaning (poytaxti Kopengagen) davlat tili bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilarning soni 4 millionga yaqindir; g) shved tili. Bu til Shvesiyaning (poytaxti Stokgol‘m) davlat tili bo‘lib, bu tilda 7 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi; d) norveg tili. Bu til Norvegiyaning (poytaxti Oslo) davlat tili bo‘lib, bu tilda 3,5 million kishi so‘zlashadi; e) golland tili. Bu til Gollandiyaning (Niderlandiyaning) (poytaxti Amsterdam) davlat tili bo‘lib, bu tilda 13 million kishi so‘zlashadi; j) island tili. Bu til Islandiyaning (poytaxti Reykyavik) davlat tili bo‘lib, bu tilda 250 ming kishi so‘zlashadi. O‘lik tillardan vesgod va ostgot tillari ham german tillari guruhiga kiradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling