Til va nutq ekologiyasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana08.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1463493
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Til va nutq ekologiyasi

Xom tillari guruhiga: shilx, tuareg, kabil, amazirt tillari, o‘lik 
tillardan esa liviya, numid, shtul, qadimgi misr tillari va boshqa tillar kiradi. 
Umuman, xom-som oilasiga kirgan tillar yaxshi tekshirilib o‘rganilmagan.
III. Kavkaz tillari oilasi. Kavkaz tillari yana bir qancha guruhlarga
chunonchi, g‘arbiy guruhga, veynax guruhiga, Dog‘iston guruhiga bo‘linadi.
1. 
G‘arbiy guruhga quyidagi tillar kiradi:
a) abxaz tili. Bu til Abxaziya Respublikasida yashovchilarning xalq tili 
bo‘lib, bu tilda 80 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b) abazin tili. Bu til Cherkas Avtonom Respublikasida yashovchi 
xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 25 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
v) adigey tili. Bu til Adigey Respublikasida yashovchi xalqning tili bo‘lib, 
bu tilda 80 mingdan ortiq kishi so‘zlashadi;


g) kabardin-cherkes tili. Bu til Kabarda-Balkar va Cherkas Respublikalarida 
yashovchi xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 250 mingdan ortiq kishi 
so‘zlashadi. 
2. 
Veynax guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) chechen tili. Bu til Chechen respublikasida yashovchi xalqlarning davlat 
tili bo‘lib, unda 500 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b) ingush tili (bu tilda 100 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi, ular Ingush 
respublikasida yashaydi);
g) basbi tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar Chechen va Ingush Respublikalarida 
yashaydi. 
3. Dog‘iston guruhiga Dog’iston respublikasida yashovchi xalqlarning 
tillari kiradi:
a) avar tili. Bu tilda 300 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b) dargin tili. Bu tilda 160 ming kishi so‘zlashadi;
v) lazgin tili. Bu tilda 230 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
d) lak tili. Bu tilda 70 ming kishi so‘zlashadi;
e) tabassaran tili. Bu tilda 34 ming kishi so‘zlashadi.
Bulardan tashqari, nufuzi kam bo‘lgan bir qancha tillar ham dog‘iston guruhiga 
kiradi. Bu tillarda so‘zlovchilarning aksariyati Dog‘iston Avtonom 
Respublikasida yashaydi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling