Til va nutq ekologiyasi


 Janubiy guruhga gruzin tili


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana08.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1463493
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Til va nutq ekologiyasi

4. Janubiy guruhga gruzin tili kiradi. Gruzin tili Gruziya respublikasining 
(poytaxti Tbilisi) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2,5 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
Shuningdek, 110 ming kishi so‘zlashadigan chan tili, 290 ming kishi 
so‘zlashadigan migrel tili va 15 ming kishi so‘zlashadigan svan tili ham janubiy 
guruhga kiradi.
IV. Ugor-fin tillari oilasi 2 guruhga: 1) ugor tillari; 2) fin tillari guruhiga 
bo‘linadi.
1. 
Ugor tillariga quyidagilar kiradi:
a) venger (mojar) tili. Bu til Vengriya Respublikasining (poytaxti 
Budapesht) davlat tili bo‘lib, bu tilda 13 milliondan ko‘p kishi so‘zlashadi;
b) mansi tili. Bu til Xanti-Mansi milliy okrugida yashovchi xalqlarning 
davlat tili bo‘lib, bu tilda 7 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
v) xanti tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 22 mingdan ko‘p bo‘lib, ular ham 
Xanti-Mansi milliy okrugida yashaydilar.
2. Fin tillariga quyidagilar kiradi:
a) fin tili. Bu til Finlandiyaning (poytaxti Xel‘sinki) davlat tili bo‘lib, bu 
tilda 4 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. Bu tilda so‘zlovchilarning bir qismi 
Kareliya Respublikasida yashaydi;
b) eston tili. Bu til Estoniya respublikasining (poytaxti Tallin) davlat tili 
bo‘lib, bu tilda bir milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. 
3. Ming kishi so‘zlashadigan veps tili, 15 ming kishi so‘zlashadigan ijor tili 
ham fin tillari guruhiga kiradi. Bu tillarda so‘zlashuvchilar Sankt-Peterburg 
viloyatida yashaydilar;
v) komi-permyak tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 180 mingga yaqin kishi 
bo‘lib, ular Rossiya Federasiyasining Komi-Permyak milliy okrugida yashaydilar;


g) komi-ziryan tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 250 mingga yaqin kishi bo‘lib, 
ular Komi Respublikasida yashaydilar;
d) udmurd tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 580 ming kishi bo‘lib, ular Udmurd 
Respublikasida yashaydilar.
e) mari tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 500 mingga yaqin kishi bo‘lib, ular 
asosan, Mari Respublikasida yashaydilar.
Bulardan tashqari, erzya va moksha-ijor tillari ham fin tillari guruhiga kiradi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling