g)
telugu tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 31 million kishi bo‘lib, ular
Hindistonning Janubi-sharqida yashaydi;
d)
braxun tili (260 mingga yaqin kishi so‘zlashadi)
va boshqa bir qancha
kichik tillar dravid tillar oilasiga kiradi.
X. Malay-polineziya tillari. Bu tillarga malay yoki indoneziya tili kiradi.
Indoneziya Respublikasining (poytaxti Jakarta) davlat tili. Shuningdek, madura tili,
bali tili, yavan tili, tagalog tili, maori tili, samoa tili va uvea tili kabi bir qancha
tillar ham shunga kirdi. Bu tillarda so‘zlashuvchi
kishilar soni hali yaxshi
aniqlanmagan. Umuman, malay-polineziya tillarida 90 milliondan ortiq kishi
so‘zlashadi.
XI. Avstraliya guruhi tillari. Bu tillar oilasiga juda ko‘p kichik tillari
kiradi, lekin ular ham yaxshi o‘rganilmagan.
XII. Papua tillari. Bu tillarda so‘zlashuvchilar
Yangi Gvineya orolida
yashaydi. Bu tillar ham hali yaxshi o‘rganilmagan.
XIII. Sudan tillari. Sudan tillarida so‘zlashuvchilar Afrikada yashaydi. Bu
tillar bir necha guruhlarga bo‘linadi: chunonchi: nil-chad, nil-abissan, nil-ekvator,
kardofan, nil-kongo, ubang, shor niger-chad, niger-kamerun, quyi-niger, dagomey,
niger-latgal, liberi va senegal gviney guruhlari kabi.
XIV. Bantu tillari. Bu tillarda so‘zlashuvchilar markaziy va Janubiy
Afrikada yashaydi. Bu tillar: teke, songo, suaxeln, konde, makua va sotko kabi bir
necha guruhlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: