Til va nutq ekologiyasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana08.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1463493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Til va nutq ekologiyasi

tog - tau (taw) : o‘zbek tilidagi tovushiga ozarbayjon tilidagi d tovushi muvofiq
keladi: temir-demir, til-dil; o‘zbek tilidagi y tovushiga qardosh tillardagi 
tovushlarning bir-biriga muvofiq kelishi fonetik qonunga asoslangandir hamda 
qardosh tillardagi so‘zlarning ma’nolari va grammatik qurilishlari bilan bog‘liq.
Demak, qardosh tillar oilasiga kiradigan tillarda ba’zi tovushlar bir-biridan 
ozmi-ko‘pmi farq qilsa ham, grammatik vositalar, so‘zlarning ma’nolari o‘zaro 
yaqin bo‘ladi.
Tilning boyligi irqning oq yoki sariq ekanligiga bog‘liq emas. Shunday qilib, 
geneologik tasnif qardosh tillarning tarixiy taraqqiyot jarayonida bir o‘zak tilidan 
tarqalganligini va ularning o‘zaro munosabatini, so‘z ma’nolari va grammatik 
shakllarini, nutq tovushlarining bir-biriga yaqinligini, o‘xshashligini nazarda tutib, 
tillarni guruhlarga ajratadi.
Hozirgi vaqtda tarixi o‘rganilib, bir-biri bilan qardosh ekanligi aniqlangan 
tillar oilasi quyidagilardan iborat.
1. 
Hind- yevropa tillari oilasi. 
2. 
Xom-som tillari oilasi.
3. 
Turk tillari oilasi. 
4. 
Ugor-fin tillari oilasi.
5. 
Kavkaz tillari oilasi. 
6. 
Xitoy-tibet tillari oilasi. 
7. 
Dravid tillari oilasi. 
8. 
Indonezi tillari oilasi kabilar. 
I. 
Hind-evropa tillari oilasiga hindiston, eron, slavyan, boltiq, german, 
roman, kel‘t, grek (yunon), alban, arman tillari kabi til guruhlari kiradi. 
I. 
Hindiston tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) hind tili. Bu tilda 450 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. Hind tili hozirgi 
Hindiston Respublikasining (poytaxti Yangi Dehli) davlat tili bo‘lib, eski hind 
yozuvi - devonagaridan foydalanadi.
b) urdu tili. Bu tilda 180 millioncha kishi so‘zlashadi. U hozirgi 
Pokistonning (poytaxti Islomobod) davlat tili bo‘lib, arab yozuvidan foydalanadi. 
Bundan tashqari Hindiston tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
1. Bengal tili. Bu tilda 100 millionga yaqin kishi so‘zlashadi.
2. Maratxi tili. bu tilda 40 milliondan oshiq kishi so‘zlashadi.
3. Panjob tili. Bu tilda. 40 millionga yaqin kishi so‘zlashadi.
4. Rajastoni tili. Bu tilda 20 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
5. Gujarati tili. Bu tilda 20 millionga yaqin kishi so‘zlashadi.
Bu tillarda so‘zlovchilarning aksariyati Hindistonda yashaydi. 
Hind tillari guruhiga lo‘li, sindxi tillari, shuningdek, o‘lik tillardan sanskrit, 
pali, prokrit tillari kiradi. Sanskrit tili qadimgi hind mumtoz adabiy tili bo‘lib, bu 
tilda “Mahabxarata” (”Bxaratlarning buyuk jangi haqida doston”) hamda “Xito 
padesha” (”Yaxshi nasihat”) kabi bir qancha ajoyib epik asarlar yaratilgan. Bizning 
eramizdan oldingi IV asrda hind olimi Panini o‘zining mashhur “Sanskrit 
grammatikasi” asarini yaratgan.
2. Eron tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:


a) fors tili. Bu tilda 30 milionga yaqin kishi so‘zlashadi, u Eronning 
(poytaxti Tehron) davlat tili bo‘lib, arab yozuvidan foydalanadi;
b) pushtu-dari tillari. Bu tillarda 15 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. U 
Afg‘onistonning (poytaxti Kobul) davlat tili bo‘lib, u arab yozuvidan 
foydalaniladi;
v) kurd tili. 3 milliondan ortiq bo‘lgan kurd xalqi Eronda, Irokda, Mustaqil 
davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida va Turkiyada yashaydi;
g) tojik tili. Bu til Tojikiston respublikasining (poytaxti Dushanbe) davlat tili 
bo‘lib, bu tilda ikki milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
d) osetin tili. Bu til Osetiya respublikasining davlat tili bo‘lib, bu tilda 550 
mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
e) baluchi tili. Bu tilda so‘zlovchilar Pokistondan va Eronda yashaydi.
Eron tillari guruhiga bulardan tashqari tolish tili, tog‘ tili, o‘lik tillardan esa 
qadimgi fors, pahlavi, sug‘du, xorazmiy tillari kiradi.
3. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling