Til va nutq faoliyati haqida tushuncha Tilning vazifalari Nutq faoliyati haqida tushuncha


Download 87.5 Kb.
bet2/5
Sana02.05.2023
Hajmi87.5 Kb.
#1420412
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nutq va muloqot

Nutq faoliyati haqida tushuncha. Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga uzatish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatlarini rejalashtirishda tildan foydalanish jarayonidir.
Nutq faoliyatining yo‘nalishi har xil bo‘lishi mumkin:
-yangi informatsiya berish;
-aqliy masalani yechish.
Til aloqa vositasi yoki quroli, nutq faoliyati esa aloqa jarayonining o‘zidir.
Psixologiya nutqni o‘rganar ekan, har turli sharoitlarda, har xil muammoli vaziyatlarda tildan foydalanish xususiyatlarini aniqlaydi, inson hatti-harakatini rivojalantirishda tilning rolini o‘rganadi, bolalarda aloqa (kommunikatsiya) jarayonining tarkib topish yo‘llarini va shu kabilarni tahlil qiladi.
4.Nutq faoliyatining turlari. Nutq faoliyatini turli belgilar asosida klassifikatsiya qilish mumkin.:
Nutqning psixofiziologik mexanizmi bilan bog‘liq bo‘lgan murakkablik darajasiga ko‘ra:
- xoroviy nutq; - exologik (oddiy takrorlash) nutqi;
- atash nutqi; - kommunikativ nutq.
Nutq faoliyatida rejalashtirishning (programmalashtirishning) roli bo‘yicha:
- faol nutq; - reaktiv nutq.
Nutqning ixtiyoriyligi bo‘yicha:
-ixtiyoriy; - beixtiyor (impulsiv) nutq.
Nutqning etreriorizatsiyalashgan yoki interiorizatsiyalashganligiga ko‘ra:
- tashqi nutq; - ichki nutq.
Yuqorida ko‘rsatilganlardan bir nechtasiga to‘xtalib o‘tamiz.
Ixtiyoriy va ma’lum darajada faol nutq ko‘p xollarda monologik reaktiv nutq esa dialogik nutq deb ataladi.
Monologik nutq. Monologik nutq ma’lum darajada nutqning batafsil turi hisoblanadi. Chunki monologik nutqda biz barcha ma’lumotlarni iloji boricha to‘liq berishga, notanish vaziyat va holatlarni tinglovchi tushunishi uchun batafsil tasvirlab berishga majburmiz.
Monologik nutq – nutqning faol, ixtiyoriy turlaridan biridir. monologik nutqni amalga oshirish uchun gapirayotgan odam qandaydir nutq mazmuniga ega bo‘lishi, shu mazmun asosda o‘z nutqiy mulohazasini izchil ko‘ra bilishi lozim. Boshqacha qilib aytganda notiq o‘z nutqini (gaplarnigina emas) avvaldan bir butun holda oldindan rejalashtiradi (programmalashtiradi).
Monologik nutq qiyin, murakkab bo‘lganligi sababli uni maxsus ravishda tarbiyalash, shakllantirish talab qilinadi. Masalan kichik bola yoki o‘rganmagan kishiga o‘z fikrini batafsil, monolog sifatida bayon qilish qanchalik qiyinligini barchamiz bilamiz. Shu sababli maktablarda, boshqa tipdagi o‘quv yurtlarida monologik nutqni o‘stirishga alohida e‘tibor berish lozim. Ayniqsa o‘qituvchi uchun «tili tumtoq» bo‘lishdan yomonroq, pedagogikaga zidroq narsa yo‘q. Nutqning bu turini rivojalantirish uchun turli bahslar, ma’ruzalar bilan chiqishlar, treninglar o‘tkazish lozim.
Dialogik nutq. Nutqning bu turi vaziyatga qarab yuzaga chiqadi va kontekstual (shu vaziyatdan, oldingi aytilgan fikrning mazmuni va shakllaridan kelib chiqiladi) xarakterga egadir. Dialogik nutqning xarakteristikasi monologik nutqning xarakteristikasiga qarama-qarshi.
Birinchidan, dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma’lum bo‘lgan ayrim so‘zlar tushirib qoldiriladi. Shu sababli yozib olingan dialogik nutq o‘zgalar uchun ko‘pincha tushunarsiz bo‘ladi.
Ikkinchidan, dialogik nutq ixtiyorsiz, reaktiv nutqdir. Dialogik nutq ko‘pincha biror fikrga, luqmaga, hatto nutq bilan bog‘liq bo‘lmagan stimullarga javob tariqasida (qo‘lini eshik qisib olgan kishi «Oh!» deydi) yuzaga keladi.
Uchinchidan, dialogik nutq nixoyat darajada oz tartiblidir. dialogik nutq davomida luqma tanlash odatda programmaga ega bo‘lmasa kerak. Agar dialogik nutq jarayonida rejalashtirishga to‘g‘ri kelsa ham bu oddiy rejalashtirish bo‘ladi. Chunki, biz yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, dialogik nutq kontekstga bog‘liq ravishda boshqariladi. Ko‘p hollarda u go‘yoki o‘z-o‘zidan «oqib» kelaveradi. Dialogik nutqda qo‘llaniverib odat bo‘lib qolgan so‘zlar va so‘z birikmalari («rahmat», «yaxshi», «marhamat») juda ko‘p qo‘llaniladi.
Ichki nutq. Ichki nutq nutq faoliyatining alohida xili hisoblanadi. Ko‘pincha ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasida vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Agar biz biron-bir qiyin masalani yechayotgan bo‘lsak uni o‘z-o‘zimiz bilan maslahat (muhokama) qilib olamiz. Tabiiyki ichki nutq chala-yarim, uzuq-yuluq- ya’ni fragmentar xarakterga ega bo‘ladi. Sababi biz o‘z fikrimizni nima haqida o‘ylab nima haqida «gapirayotganimizni» o‘zimiz juda yaxshi tushunamiz.
Ikkinchi tomondan, biron vaziyatni idrok qilish paytida anglashilmovchilik bo‘lmaydi. Haddan tashqari sharoitga bog‘liqdir. Ichki nutqni artikulyatsiya a’zolarining harakatlarini (lablar, tilning harakatlari) qayd qilish yo‘li bilan tekshirish mumkin. Ammo bu holda ichki nutqning mantiqiy jihatdan oxirigacha olib borilmaydigan, real ovoz chiqarishgacha yetkazilmaydigan talaffuz qilish harakatlarigina o‘rganialdi.
Yozma nutq. Yozma nutq monologik nutqqa juda yaqin turadi. Shu sababli ba’zi qo‘llanmalarda uni monologik nutqning turi ham deb ko‘rsatishadi. Monologik nutqning barcha xususiyatlari yozma nutqka ham xosdir. Yozma nutq og‘zaki monologik nutqqa nisbatan birmuncha batafsilroqdir. Chunki yozma nutq jarayonida suhbatdoshdan keluvchi teskari aloqani bo‘lmasligi. Bizdan suhbatdoshimiz biror narsani so‘ray olmaydi. Shu sababli hamma narsani batafsi, oldindan tushuntirishga, izhor qilishga harakat qilamiz. Bu jihatdan yozma nutq og‘zaki nutqqa nisbatan nihoyatda murakkab. Yozma nutqni o‘zlashtirish va uni tushunish uchun maxsus tartibda ta’lim olmoq darkor.



Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling