Til va nutq faoliyati haqida tushuncha Tilning vazifalari Nutq faoliyati haqida tushuncha
Download 87.5 Kb.
|
Nutq va muloqot
Xayol jarayonlari. Xayol (fantaziya) obrazlari qanday yaratiladi? Xayol jarayonlari ham idrok, xotira, tafakur kabi analitik va sintetik harakaterga ega. Analiz idrok va xotiradayoq ob’ektning ayrim umumiy belgilarini ajratish va saqlash hamda muhim bo‘lmagan belgilardan chetlashish imkoniyatini beradi. Analiz va undan keyingi sintez natijasida andaza, etalon hosil qilinadi. Shu etalonga suyangan holda tashqi olam, borliq, predmetlar va hodisalar o‘rganiladi.
Analiz va sintez xayol jarayonida boshqacha o‘ringa va yo‘nalishga ega. Chunki xayol jarayonida yangi, avval bo‘lmagan obrazlar, tasavvurlar yaratiladi. Albatta bunda yangilik va eskilik o‘rtasidagi izchillik saqlanib qoladi. Xayol jarayonlarida tasavvurlar sintezi turlicha amalga oshiriladi. Agglyutinatsiya. Agglyutinatsiya kundalik hayotimizda birlashtirib bo‘lmaydigan turli sifatlar, xususiyatlar va qismlarni «yopishtirib» birlashtirishdan iborat xayol jarayoni. Agglyutinatsiya yo‘li bilan ko‘proq ertak obrazlari yaratiladi (suv parisi, tovuq oyog‘ida turgan uy, pegas, kentavr va shu kabilar), agglyutinatsiyadan texnik ijodda ham foydalaniladi (tank amfibiya, gidrosamolyot). Giperbolizatsiya. Giprebolizatsiya narsalarni kattalashtrish, kichraytirish, ularning ma’lum qismlarining sonini ko‘paytirish, ularning o‘rnini almashtirish orqali yangi obrazlar yaratish. Bunga misol keltirib, ko‘p qo‘lli xudolarning obrazi (xind afsonalarida), katta odam, no‘xatdek kichik polvon, yetti boshli ajdarlar va shu kabilar giperbolizatsiya yo‘li bilan yaratilgan obrazlardir. Urg‘u berish. Fantaziya obrazlarini yaratishning yana bir yo‘li narsalarning kanaydir sifatlarini, belgilariga urg‘u berish, ularga diqqatni turli yo‘llar bilan jalb qilishdir. Bu usullar ayniqsa satirik jurnallarda ko‘p qo‘llaniladi. Bu yo‘l bilan o‘rtoqlik hazillari va turli karikaturalar yaratiladi. Sxematizatsiya. (sxemalashtirish)-biror mavjud narsadan andaza olib, shu andaza asosida obrazlar yaratish. Masalan, rassomlar turli o‘simliklarning obrazi asosida naqshlar yaratidilar. Yangi xayol obrazlarini yaratishning yana bir usuli, tipiklashtirish. Tipiklashtirishdan badiiy adabiyotda keng qo‘llaniladi. Bu usul yordamida biror hodisaga, kishilar toifalariga, davrga xos yoki ularda ko‘p takrorlanuvchi belgilar ma’lum obrazlarda gavdalantiriladi. Download 87.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling