Tarbiyachi: -Endi men “D” tovushini talaffuz qilaman, “D” tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi?
Bolajonlar:- Yo‘q
Tarbiyachi: -“D” tovushining hosil bo‘lishini tushuntiradi. “D” tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd etiladi. “D” tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so‘raladi:
Tarbiyachi: - “D” tovushi qanday tovush?
Tarbiyachi: -Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
“D” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
“D” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi.
Tarbiyachi: - Uy qurilish materiallaridan nimalarni bilasiz,bolajonlar?
Tarbiyachi:- Deraza,bizga nima uchun kerak ekan?
Bolajonlar:- Sovuq o‘tkazmasligi uchun.
Tarbiyachi:- To‘g‘ri
DERAZA
Tarbiyachi:- Musiqa asboblaridan nimalarni bilasiz,bolajonlar?
Tarbiyachi:- Bu,qaysi musiqa asbobi ekan?
Bolajonlar:- Dutor
Musiqa asboblari
Tarbiyachi:- Don mahsulotlaridan nimalarni bilasiz?
Tarbiyachi: - Bu yerda nimalarni rasmi ko‘rsatilgan,bolalar?
D tovushining qayerda kelishi haqida, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “D” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.
Tetiklashtiruvchi mashqlar:
“Kapalaklar”
O‘yinning mazmuni: Bolalar stulchalarda o‘tirishadi.
Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar; ko‘k, sariq, qizil!» Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi? (ularni puflaydi). Qaranglar, uchib ketishdi. qani sizlar ham puflab ko‘ringlar-chi. Kimniki uzoqqa uchar ekan?
Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib qo‘yadi, bolalar kapalakka qarab puflaydilar.
O‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to‘g‘ri turishiga, nafas olganlarida yelkalarining ko‘tarilmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar biroz cho‘chchaygan bo‘ladi. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasidan tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak. Endi “Dd” harflari bilan tanishamiz. Bosh “D” va kichik “d”ko‘rgazmadan, rasmli alifbodan, maxsus tayyorlangan ko‘rgazmadan (bosma shakli) ko‘rsatiladi. Bosh “D” harfi ko‘rsatilib, bu harfning qanday shakli? (Bosh shakli — Bosh D harfi) Bosh “D” harfi bilan qaysi so‘zlar yoziladi? Bu (“D”) qanday harf? (Bu kichik “d”harfi) U qaysi so‘zlarda yoziladi? (dutor, doira...) Men ko‘rsatgan “Dd” harflarini nimalarda o‘qiysiz? Nima uchun “D” harflari ko‘k rangda yozilgan? SHundan so‘ng kesma “Dd” harflari ,,Harf kassasi"ga qo‘yiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |