Til va nutq o‘stirish mashg‘ulot ishlanmasi. (Tayyorlov guruhi uchun ) Mavzu: Bosh va kichik “Dd” harflari bilan tanishtirish. Maqsad


Download 198.17 Kb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi198.17 Kb.
#1711159
  1   2   3
Bog'liq
D-tovushi


Til va nutq o‘stirish mashg‘ulot ishlanmasi.
(Tayyorlov guruhi uchun )


Mavzu: Bosh va kichik “Dd” harflari bilan tanishtirish. 
Maqsad:

Dd” harflari bilan tanishtirish, o‘rganilgan unli harflar bilan bo‘g‘in, so‘z tuzish va o‘qish.
Vazifalar: 
a)“D” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish, 
b)“D” tovushli so‘zlar bilan bolalar lug‘atini boyitish. 
c)“D” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish 
d)Bo‘g‘inlardan so‘z tuza olish 
Kutilayotgan natijalar: 
“D” tovushi va “Dd” harflari bilib oladilar. 
“D” tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar. 
“D” tovushli so‘zlar ayta oladilar. 
“D” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘la oladilar 
Kerakli jihozlar: 
“Dd” harflari 
“D” tovushi bor suratlar 
“Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing” ta’limiy o‘yin uchun materiallar 
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan harflarni ,,Harf jildi "dan o‘qitadi. Ularga xos xususiyatlarni savollar yordamida eslatadi: Bular qanday xarflar? Ular nimalarni ifodalaydi? Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) Bu harflarning nechta shakli bor?
Bugun bolalar “D” tovushi va bosh va kichik “Dd” harflari bilan tanishamiz.

  • Bu nimani rasmi ekan,bolajonlar? 

  • Qaysi uy jihozi,u qayerda turadi?



  • Bu,divan

  • Uy jihozi,mehmonxonada turadi.

Di-van so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Di-van men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: D-D-Di-van, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: Di-v-v-van, 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Di-v-v-van 3- to‘rtburchak chiziladi: — Di-van so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“D” tovushi) Bugun siz “D” tovushi bilan tanishasiz. “D” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi.
Tarbiyachi: “D” tovushini talaffuz qilganimizda quyidagilar sodir bo‘ladi: lablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin jipslashmagan, “D” tovushi unli “a”, “i”, “o”, “u” tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlarga yoki alveolalarga tiralib turadi. “D” tovushi ya, yo, e, yu unli tovushlari birikmasi bilan talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan bo‘lib, pastki kurak tishlari

Download 198.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling