Til va nutqiy faoliyat tushunchalari o’zaro qanday munosabatda


Download 15.17 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi15.17 Kb.
#192723
Bog'liq
2-seminar


2-seminar mashg’uloti

  1. Til va nutqiy faoliyat tushunchalari o’zaro qanday munosabatda.

Biz o’z fikrimizni tilsiz turki vositalar bilan (qo’l, bosh, yuz, ko’z harakati bilan) ham bir qism ifodalashimiz mumkin. Biroq til va uni ro’yobga chiqaruvchi nutqimizsiz ko’zlangan maqsadga to’liq erisholmaymiz. Inson ongi biror bir voqelik aks ettirar ekan, u so’zlar orqali (nutq vositalar bilan) yuzaga chiqaradi. Odamzodning bolaligidan to umrining oxirigacha oladigan ilmiy va hayotiy ta’limi so’z va til vositasida amalga oshadi. Tilning hajmi noaniq nutqning hajmi aniq. Nutq til materialining namoyon bo’lish jarayoni.

  1. Nutq faoliyatining og’izaki va yozma nutqqa ta’siri qanday?

Nutq- bu yozma belgilarning tegishli tizizmlari bilan bir xil va bir xil ma’noga ega bo’lgan talaffuz qilinadigan yoki seziladigan tovushlar to’plami.

Og’izaki nutq – bu bir tomondan so’zlarni ovoz chiqarib talaffuz qilish va boshqa tomondan ularni odamlar tomonidan tinglash orqali odamlar o’rtasidagi aloqa.

Yozma nutq- bu harf tasvirlari asosida tashkil etilgan grafik jihatdan yaratilgan nutq.

Og’zaki va yozma nutqqa nutq faoliyatining tasiri juda katta va ular bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Nutq faoliyati bo’lmasa og’zaki nutq ham yozma nutq ham bo’lmaydi. Agarda insonda nutq rivojlanmaganda harf, gapirish qobilyati, yozish, kabi tushinchalar ham bo’lmas edi.



  1. Fonema deganda nimani tushinasiz?

Fonema tilning eng kichik birligi. Fonema boshqa mayda qismlarga ajratilmaydi. Barcha birliklar tarkibida fonemalar mavjud bo’ladi. Fonemaning nutqdagi birligi tovush va harfdir. Fonema tovushning ma’no farqlashga xizmat qiladigan turi yoki boshqacha qilib aytganda fonema so’zlarni tovush jihatidan farqlaydi. Masalan; sut – sud bu so’zlarda d harfi ma’no farqlayapti va u fonema deyiladi.

  1. Qo’shma gap tuzib, tahlil qiling.

Talabalar hamma vazifalarni bajarsa, o’qituvchi ularga yaxshi baho qo’yadi.

Bu ergash gapli qo’shma gap.



Ega + to’ldiruvchi + kesim, ega+to’ldiruvchi + hol + kesim tarkibda tuzilgan.
Download 15.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling