Tildagi so`zlar bir ma’noli va ko`p ma’noli bo`ladi. Gap ichida ham, gapdan tashqarida ham aynan bir ma’noni ifoda etuvchi o`zlar bir ma’noli so`zlar


Download 21.99 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi21.99 Kb.
#1022475
1   2   3   4
Bog'liq
Bir manoli va ko’p manoli so’zlar

Antonimlar

O’zaro qarama-qarshi(zid) ma’noli so’zlar antonimlar deyiladi. So’zlarning bunday munosabati antonimiya deyiladi. Antonimlar 3 xil belgiga ega: 1) shakli( fonetik strukturasi) jihatidan har xillik; 2) ma’no jihatdan har xillik: 3) ma’nodagi o’zaro zidlik. Uchinchi belgi antonimlarni o’zaro birlashtiradi, zid ma’nolilikni yuzaga keltiruvchi asosiy belgi hisoblanadi.

Ko’p ma’noli so’z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so’zlarga antonim bo’lishi mumkin. Masalan, qattiq so’zi bir ma’nosida yumshoq so’ziga, boshqa bir ma’nosida saxiy so’ziga antonim bo’ladi. Boy o’lgudek qattiq edi.

Bir so’z o’zaro sinonim so’zlar bilan yoki o’zaro sinonim so’zlar boshqa sinonimlar bilan antonimik munosabat hosil qiladi: xursand-xushvaqt-shod-xurram-xushnud-xafa.

Sinonimiyada so’zlarning bir xil ma’nosi asosidagi birligi sinonimlik qatorini hosil qilsa, so’zlarning o’zaro zid ma’nosi asosidagi birligi antonimik juftlikni yuzaga keltiradi.

Antonimlik faqat bir turkumdagi so’zlar orasida sodir bo’ladi: do’st-dushman.

Qarama-qarshi ma’noli affikslar ham antonim bo’ladi: odobli-beodob, kuchli-kuchsiz.

Keldi-kelmadi kabi so’zlar antonim bo’lmaydi, ular fe’lning bo’lishli va bo’lishsiz shaklidir.



Paronimlar

Aytilishi (talaffuzi) bir-biriga o’xshash, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo’lgan so’zlar paronimlar deyiladiyuvindi-yuvundi, fakt-pakt, abzal-afzal, yoriq-yorug’, quyulmoq-quyilmoq, arch-art, otalik-otaliq.




Tarixiylik jihatdan o’zbek tili leksikasi

Tarixiylik jihatdan o’zbek tili leksikasi 3 xil:




  1. zamonaviy qatlam.


  2. eski qatlam.


  3. yangi qatlam.




Zamonaviy qatlam. Yangilik va eskilik buyog’iga ega bo’lmagan so’zlar zamonaviy qatlam so’zlarini tashkil etadi. Tilda faol qo’llanuvchi so’zlar zamonaviy qatlam so’zlaridir. Zamonaviy qatlam so’zlari lug’at boyligining asosini tashkil etadi.


Download 21.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling