Eski qatlam.Eskilik bo’yog’iga ega bo’lgan so’zlar eski qatlamni tashkil etadi. Eski qatlam so’zlari ikki xil bo’ladi: 1) tarixiy so’zlar (istorizmlar); 2) arxaik so’zlar ( arxaizmlar).
1. Istorizmlar ( tarixiy so’zlar) tarixga oid ( hozirgi kunda yo’q) narsa-hodisalarning atamalaridir; Istorizm hisoblangan so’z ham, shu so’z ifodalagan narsa-hodisa ham hozirgi davrda qo’llanmaydi: cho’ri, kanizak, jallod, zindon, sovut, sodoq, paranji.
Ayrim tarixiy so’zlar “tirilgan”, ya’ni hozirda ishlatilmoqda: hokim, madrasa, mufti, dorilfunun, ro’za fitr, dorulmuallimun.
2. Arxaizmlar(eskirgan so’zlar) hozirda mavjud bo’lgan narsa-hodisalarning eskirgan atamalaridir :zavraq(kema), ulus(xalq), lang(cho’loq), firqa(partiya), tilmoch(tarjimon), budun(xalq), bitik( kitob), irn (lab), dudoq( lab), hamshira (singil), meng ( xol), eng( yonoq), ilik ( qo’l).
Istorizmlar va arxaizmlar quyidagicha farqlanadi.
1. Arxaizmlar hozirda bor narsa-hodisalarning, istorizmlar o’tmishdagi narsa-hodisalar atamasidir.
2. Arxaizmning zamonaviy qatlamga oid sinonimi bo’ladi; istorizmning bunday sinonimi bo’lmaydi.
3. Arxaizm tilda bor narsa-hodisani atovchi birdan ortiq so’zning bor ekanligi sababli paydo bo’ladi.Istorizm narsa-hodisaning hozirgi voqelikdan yo’qolishi sababli yuzaga keladi.
4. Arxaizm o’z sinonimi bo’lgan zamonaviy so’zga nisbatan belgilanadi; Istorizm esa so’z ataydigan narsa-hodisaning o’tmishga oidligi bilan belgilanadi.
5. Arxaizm nomlash va uslub jihatdan farqlash vazifasini bajaradi. Istorizm faqat nomlash vazifasini bajaradi.
Yangi qatlam. Tilda yangi paydo bo’lgan va yangilik belgisi (bo’yog’i) sezilib turadigan so’zlar neologizmlar deyiladi: bakalavr, magistr, litsey, kollej.
O’zbek tili lug’at tarkibidagi eski va yangi so’zlar nofaol so’zlar deb, zamonaviy qatlam so’zlari esa faol so’zlar deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |