Tilimiz ancha kelishib qolgan XX- asr kashfiyotlaridan biri – robotlar haqidagi satrlarga ham ko‘zimiz tushadi: “U odamga juda ham o‘xshar, qo‘lida o‘tkir o‘q tortilgan temir yoyni ushlab turar edi. Boshidan oyoq


Download 199.69 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi199.69 Kb.
#1199539
Bog'liq
Buyuk alloma matni




Buyuk alloma
1.“Farhod va Shirin” dostonini o‘qisak, bugun tilimiz ancha kelishib qolgan XX- asr kashfiyotlaridan biri – robotlar haqidagi satrlarga ham ko‘zimiz tushadi: “U odamga juda ham o‘xshar, qo‘lida o‘tkir o‘q tortilgan temir yoyni ushlab turar edi. Boshidan oyoq sovutga o‘ralgan bu temir odam ich ichidan yonib turardi”.
2. 1928 - yili Toshkentda ixtirochilar B. Gra-bovskiy va I. Belyavskiylar elektr-nur yordamida harakat qilayotgan tasvirni bir joydan uzatadigan va qabul qiladigan apparat yaratib, muvaffaqqiyatli sinovdan o‘tkazdilar. Poytaxtimiz televideniye vataniga aylanishi bejiz emasdi. Chunki Alisher Navoiy bir necha asrlar ilgari “Farhod va Shirin” dostonida bu qurulmani ham o‘z holicha “oynayi jahon” deb nomlaydi. Farhod uzoq Arman o‘lkasining malikasi Shirinning husni jamolini aynan shu vosita orqali ko‘rib, unga mahliyo bo‘lib qoladi.
3. “Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni “Sab’ai sayyor”da eskalator va lift haqidagi farazlarni o‘qigan mashxur sharqshunos olim Bertels ham hayrat og‘ushida qolganini yashirmagan ekan.“Shoh bu taxtga chiqadigan bo‘lsa, pilla poyalar uning qadam qo‘yishi uchun pasayib, bir-birining ustiga yotadi. Shoh shu 8 poyaning hammasini bosib o‘tib, o‘z taxtiga o‘tirgach, u zinalar yana baland ko‘tariladi”. Bu yerda keyingi asrlarda, yana ham aniqrog‘i, 1892-yilda amerikalik kashfiyotchi Jessi Reno tomonidan
yasalgan eskalator haqida gap ketayotganiga shubxa yo‘q.
(“Navoiyshunoslik”dan)

1-savol. Birinchi ustunda matndan ajratib berilgan so`zlar berilgan. Ikkinchi ustundan shu so`zlarning sinonim, antonim, shakldosh va paronim so`zlar bo`la oladiganini aniqlang. aniqlang va tegishli doiralarni bo`yang.

1)asr
2)ixtirochi
3)til
4)bosh

A) Davlat tili, Tilini tishladi
B)oyoq
C) kashfiyotchi
D) biror hodisaning boshi, inson tana a`zosi
E) asir




2-savol. 1928 - yili Toshkentda ixtirochilar B. Gra-bovskiy va I. Belyavskiylar elektr-nur yordamida harakat qilayotgan tasvirni bir joydan uzatadigan va qabul qiladigan apparat yaratib, muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdilar.Gapdagi fe`l so`z turkumi haqidagi to`g`ri ma`lumotni aniqlang.( 2ta javob to`g`ri)

  1. 5ta sof fe`l bor.

  2. 2ta qo`shma fe`l bor.

  3. Fe`lning barchasi aniq nisbatda.

  4. 3 ta sifatdosh, 1ta ravishdosh va 1 ta sof fe`l shakli mavjud.

  5. Barcha fe`llar o`tgan zamonni ifodalagan.




3-savol. Berilgan fikrlarni matn asosida to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini tegishli ustunda ko`rsating va yuqoridagi tegishli doiralarni bo`yang.

T|R

Tushunchalar

To`g`ri (A)

Noto`g`ri(B)

1

,,U odamga juda ham o‘xshar, qo‘lida o‘tkir o‘q tortilgan temir yoyni ushlab turar edi” Ushbu fikr ilk robotlar haqida







2

1928-yil Toshkentda ilk televideniya sinovdan o`tkazilgan.







3

Farhod Arman o`lkasining tog` qizi Shirinning husni jamolini ,,oynayi jahon” da ko`rib, mahliyo bo`ladi.







4

,,Xamsa” ning to`rtinchi dostonida lift va eskalator haqida ma`lumotni uchratish mumkin.







5

Ilk ekskalator Jessi Reno tomonidan yaratildi.










4-savol. Matnda qaysi so`zlar imlosida xatolik uchraydi. ( Avval so`zning matnda xato yozilgan variantini, so`ng shu so`zning to`g`ri yozilishini ko`rsating. ( 6ta imlo xatosi mavjud bo`lgan so`z bor)

Soʻzning matndagi xato yozilgan shakli

Shu soʻzning imloviy toʻgʻri yozilishi








































5-savol. Matndagi so`nggi muallif gapi berilgan fakt(dalil)ni yozing (20-25 ta so`z)


































Download 199.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling