Tillar oilasi — kelib chiqishi jihatidan oʻzaro qarindosh, tuzilishi va ayrim leksik grammatik xususiyatlariga koʻra oʻxshash tillar majmui. Til oilasi
Download 274.55 Kb.
|
1 2
Bog'liqTil oilalari va til guruhlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tillar oilasi
Til oilalari va til guruhlari Olimlar qadimgi davrlardan boshlab dunyo tillari va ularning tarixi, kelib chiqishi, taraqqiyoti bilan qiziqib keladilar. Tillarning kelib chiqishi, geografik joylashuvi, fonetik, morfologik, grammatik xususiyatlarini hisobga olgan holda guruhlash, til oilalariga ajratish tillar tasnifi deyiladi. Tillar oilasi — kelib chiqishi jihatidan oʻzaro qarindosh, tuzilishi va ayrim leksik grammatik xususiyatlariga koʻra oʻxshash tillar majmui. Til oilasi Oila tushunchasi terminologik jihatdan hajman oʻzgaruvchandir. Qarindosh tillarning ayni bir majmuasi goh guruh deb, goh oila deb atalishi mumkin. Masalan, eroniy tillar oʻz ichki boʻlinishi nuqtai nazaridan oila deb, hind-yevropa tillari oilasiga mansubligi jihatidan esa guruh deb atalishi mumkin. Aniqlanishi qiyin va oʻzaro ancha uzoqlashib ketgan tillarning oilalari (masalan, indeys tillari) uchun "makrooila", "filiya", "fila" terminlari ham qoʻllanadi. Grammatik tuzilishlari va boshqa xususiyati jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tillar guruhi til oilasi deyiladi. O‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, tatar va boshqa tillar turkiy tillar oilasiga kiradi. Har bir Tillar oilasi bir necha oʻnlab tillarni oʻz ichiga oladi va ular, oʻz navbatida, bir-biriga yaqinligiga qarab, tarmoqlarga (shoxobchalarga) boʻlinadi. Tarmoqlardagi tillarning oʻzaro yaqinligi ham bir xil boʻlmaydi. Shunga koʻra, ular guruhlarga, guruxlar esa guruhchalarga boʻlinib, tasnif va tavsif etiladi. Masalan, o‘zbek, uygur, qirgʻiz, qozoq, tuva, tatar, boshqird, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, chuvash singari 20 dan ortiq til turkiy tillar oilasini tashkil etadi. Ushbu oila, oʻz navbatida, 6 ta guruh va guruhchalarga boʻlinadi (A.N.Samoylovich tasnifi). Tillarni aniq, batafsil oʻrganish, tadqiq etish tillar oilasini toʻgʻri belgilashga yordam beradi. Keyingi yillardagi tadqiqotlar tufayli xom tillar oilasi yoʻqligi, balki bitta homsom (afroosiyo) tillar oilasi borligi aniqlangan. Download 274.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling