Glossariy
IDE – inglizcha soʻz boʻlib, uning kengaytmasi
Integrated Development Environment. Oʻzbek
tiliga –
integrallashgan dasturlash muhiti deb tarjima qilinadi.
Integrallashgan dasturlash
muhitlari koʻp: PHPStorm, IDE Visual Studio va h.z.
Command Line/Prompt – oʻzbek tiliga buyruqlar satri deb tarjima qilinadi.
Ikkovi ham bir
xil.
Command Prompt –
Windows tizimida qoʻllanadigan atama.
Command Line –
Linux
tizimida qoʻllanadigan atama. Buyruqlar satrining maqsadi operatsion
tizim bilan interaktiv
ishlashdan iborat.
Shell – bu inglizchadan
tarjima qilinganda qobiq degan maʼnoni beradi.
Buyruqlar satri, ish
stoli bularning barchasi qobiq hisoblanadi. Qobiq deyilishiga sabab, bular orqali siz operatsion
tizimning yadrosiga kirmasdan turib ular bilan interaktiv munosabatda boʻlishingiz mumkin.
PyPA – The Python Packaging Authority, o’zbek tilida –
Python qadoqlash
administratsiyasi(PyQA) deb tarjima qilinadi. Ular Python qadoqlashda
ishlatiladigan asosiy
dasturiy taʻminot loyihalar toʻplamini qoʻllab-quvvatlash bilan ishlaydigan guruh hisoblanadi.
Ular asosan mavjud asbob-uskunalar yordamida Python loyihalarni qanday qadoqlash, ommaga
chiqarish va oʻrnatish boʻyicha foydalanuvchi uchun koʻrsatma beradigan obroʻli
manba
hisoblanadi.