Buxoro viloyat XTXQTMOXM “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti G.H.Nigmatova 1-mavzu: Ona tili va adabiyot darslariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar - Reja:
- KTMD talablari asosida ona tili va adabiyot ta’limini takomillashtirish;
- Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlarini tashkil etish;
- An’anaviy ta’lim hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim orasidagi farqlar (qiyosiy jadval asosida)
- “Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir”
- A.Avloniy
- Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlanuvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muxim asosidir.
-
- “Ta’lim to‘g‘risda”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan bo‘lsada, hozirgacha o‘zining mazmun-moxiyatini yo‘qotmagan. Jumladan, Ona tili va adabiyoti fanlari oldiga qo‘yiladigan talablar aloxida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, ona tili ta’limi maqsadi, mazmuni va usuli yangilandi.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi ana shu vazifalarni amalga oshirishiga qaratilgan jiddiy qadamdir. Bu boradagi eng asosiy maqsad barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat. Har tomonlama barkamol yetuk avlodni san’atsiz, xususan adabiyotsiz tarbiyalash tasavvurga sig‘maydi. O‘quvchilarning adabiyot darslarida badiiy asar bilan tanishishi ularning yuksak axloqiy ma’naviy qadriyatlar bilan tanishishiga, shu sohadagi ehtiyojlarning tarbiyalashiga imkon beradi. - “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi ana shu vazifalarni amalga oshirishiga qaratilgan jiddiy qadamdir. Bu boradagi eng asosiy maqsad barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat. Har tomonlama barkamol yetuk avlodni san’atsiz, xususan adabiyotsiz tarbiyalash tasavvurga sig‘maydi. O‘quvchilarning adabiyot darslarida badiiy asar bilan tanishishi ularning yuksak axloqiy ma’naviy qadriyatlar bilan tanishishiga, shu sohadagi ehtiyojlarning tarbiyalashiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |