«Tillarning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti» Hasanov Akbarjon
Download 0.5 Mb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy ta’limotga oid muqaddas kitoblarda esa til insoniyatga Alloh tomonidan in’om etilgan ne’matdir, mazmunidagi fikrlar ilgari suriladi.
“Til~nutq~nutq sharoiti” aspektida olib borilgan uzoq yillik tadqiqotlar samarasiga tayangan holda komil ishonch bilan ayta olamizki, tilning paydo bo`lishi ong va jamiyatning paydo bo`lishi bilan, qolaversa, yer yuzida inson zotining paydo bo`lishi bilan uzviy bog`liqdir. Ilmiy gepoteza(taxmin)lar odamning paydo bo`lish evolyutsiyasi va jamiyatning shakllanishini uch bosqichga bo`lib ko`rsatadi:
1.Yuqori darajada taraqqiy etgan avstralopiteklar davri. Bu bosqichda ilk ibtidoiy odamlar ikki oyoqlab yurishga o`tib, tayoq, tosh,suyak parchalaridan qurol sifatida foydalanganlar. Bu bizdan ikki – uch million yil oldingi davrga to`g`ri keladi. 2. Paleantroplar bosqichi. Bu davrda paleantroplar, ya’ni eng qadimgi odamlar sun’iy qurollar, turar joy tayyorlaganlar, yirik hayvonlarni jamoa bo`lib ov qilish bilan shugullanganlar. Bu bizdan taxminan bir million yillar oldingi davrga to`g`ri keladi. 3. Hozirgi zamon kishilari bosqichi. Ilmiy taxminlar bu davr 40-50 ming yillar oldin paydo bo`la boshlaganligini ko`rsatadi. Chamasi, bir million yillar avvalgi eng qadimgi odamlar uzoq va murakkab jarayon davomida insonga xos biologik hamda sotsial xususiyatlarga ega bo`la boshlaydilar. Aniq nutq ularga hayvonot dunyosidan ajralish, jamiyat bo`lib uyushish, uyushgan holatda mehnat qilish hamda tafakkurning rivojlanishiga turtki bo`ladi. Tilning paydo bo`lishi uchun faqat biologik zaminlargina emas, jamiyatning paydo bo`lishi ham nihoyatda zarur edi. Antropologiya (odam hamda irqning kelib chiqishini o`rganuvchi fan), arxeologiya (tarixiy dalillar va madaniy yodgorliklar asosida odamning o`tmish tarixini o`rganuvchi fan) fanlarning uzoq davrlardan beri olib borayotgan tekshirishlari, ilmiy izlanishlari natijasida kishilik tarixi ikki davrdan iborat degan fikrga kelingan. Bular – tarixgacha bo`lgan davr va tarixiy davr. Tarixgacha kishilarning ibtidoiy jamoa bo`lib yashashi ya’ni kishilik jamiyatining shakllanish, tiklanish, uyushish davridir. Ibtidoiy kishilar jamoasi sotsial - biologik organizm bo`lgan. Ularda instinktiv mehnat qobiliyati rivojlangan bo`lib, asosan, tabiatdagi tayyor narsalardan foydalanganlar. Instinktiv mehnat ong va tilning paydo bo`lishi uchun shart – sharoit yaratgan. Olimlarning faraz qilishicha, mehnat, ibtidoiy mehnat qurollarini yasash inson tana a’zolarini asta – sekin, juda uzoq muddatli tabiiy jarayonda takomillashtirib, til va tafakkurning rivoj topishida beqiyos rol o`ynagan. Albatta, dastlab paydo bo`lgan til va nutqni bizning tilimizga yoki nutqimizga aslo tenglashtirib bo`lmaydi. Ehtimol, dastlabki tilda har biri alohida narsani, harakatni yoki holatni bildiradigan so`zlar bo`lmagandir; o`sha davrdagi tilga xos so`zlar butun boshli voqea - hodisani ifodalagandir. O`sha davrda insonning tovush chiqaradigan a’zolari hozirgidek takomillashmagani uchun nutqda dastlab paydo bo`lgan so`zlarning talaffuzi aniq bo`lmagan. Demak, mehnat qilish, mehnat qurollarini yasash jarayonida odamlar jamoasi borgan sari uyushib boradi, natijada kishilik jamiyatining ilk ko`rinishlari vujudga keladi. Hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan odamlarda jamoa bo`lib mehnat qilish jarayonida bir – birlariga nimadir deyish ehtiyoji tug`iladi. Ana shu zaruriy ehtiyoj tilning yaralishiga sabab bo`ladi. Til bilan bir paytda tafakkur ham paydo bo`ladi. Demak, uch omil -“mehnat~til~tafakkur” bir – biriga ta’sir etib, ularning rivoj topishiga sabab bo`lgan. Ijtimoiy mehnat natijasida nihoyatda katta (kuchli) zaruriy ehtiyoj talabi bilan til nutq a’zosi sifatida va miyaning asta – sekin takomillasha borishi biologik jihatdan xarakterlansa, til va tafakkurning paydo bo`lishi, tasavvurning, fikrning nutqda voqelana olishi ijtimoiylik, ya’ni kishilik jamiyati bilan uzviy bog`liqdir. Diniy ta’limotga oid muqaddas kitoblarda esa til insoniyatga Alloh tomonidan in’om etilgan ne’matdir, mazmunidagi fikrlar ilgari suriladi.Diniy ta’limotga oid muqaddas kitoblarda esa til insoniyatga Alloh tomonidan in’om etilgan ne’matdir, mazmunidagi fikrlar ilgari suriladi.Xullas, tilning kelib chiqishi tafakkurning paydo bo`lishi, qolaversa, yer yuzida inson zotining paydo bo`lishi kabi muammolar bilan uzviy bog`liq bo`lib, bu muammolar insoniyat tarixida uzil – kesil yechimini topgan emas.Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling