Tilshunos sifatida tilning millat, davlat va jamiyatga ta'sirini qanday tavsiflagan bo‘lardingiz?


Download 25.73 Kb.
bet1/2
Sana24.02.2023
Hajmi25.73 Kb.
#1227153
  1   2
Bog'liq
Buyuk Kelajak


«Buyuk Kelajak» guruӽi eksperti, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori, amaliy tilshunoslik fani doktori Azamat Akbarov o‘z intervyusida O‘zbekistonda ilm-fanga munosabat, ta'lim tizimi muammolari va tilshunoslikka e'tibor ahamiyati haqida so‘zladi.
Tilshunos sifatida tilning millat, davlat va jamiyatga ta'sirini qanday tavsiflagan bo‘lardingiz?
Til bu madaniy hodisadir; shuning uchun har mamlakatning merosi uning tiliga bog‘liq. Ma'lumki, bugungi ingliz tili xalqaro muloqot tili hisoblanadi, u hayotimizning har bir jabhasiga kirib borgan va siyosiy hamda iqtisodiy masalalarni hal etishni osonlashtiradi, desak adashmagan bo‘lamiz. Biroq tilshunos sifatida o‘ylashimcha, har bir mamlakat o‘z tilini saqlab qolishga harakat qilishi kerak, chunki aynan til uni o‘ziga xos qiladi va boshqa mamlakatlardan ajratib turadi. Biz ko‘p tilli dunyoni saqlab qolishni istar edik, chunki har bir tilni o‘rganishimiz bilan biz yangi bilimlarga ega bo‘lamiz, Gyote shunday degan: «Inson nechta til bilsa, u shuncha marta odamdir». Boshqa tarafdan esa bugungi kunda dunyo aholisining katta qismi so‘zlashadigan ingliz tilini bilishga yetarlicha baho bermaslik ham to‘g‘ri emas, chunki u iqtisodiyotning rivojlanishiga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida millat, mamlakat va umuman jamiyat rivojlanishiga yordam ko‘rsatadi. Inson, eng avvalo, muloqot qiluvchi zotdir, shu bois, fikrimcha millatlarning tilini unutmaslik zarur, biroq rivojlanish
Tilning millat, davlat, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni juda muhim, o‘ta zaruriy va dolzarb deb izohlagan bo‘lar edim. Zero, bu tushunchalar o‘zaro dialektik bog‘liq va o‘zaro aloqador tushunchalardir. Millat, davlat, jamiyat taraqqiy qilar ekan, uning tili va tilshunosligi taraqqiy qilib boradi. Davlat, jamiyatdagi o‘zgarishlar birinchi navbatda tilda, xususan, uning leksikasida – lug‘at boyligida o‘z aksini topadi. Modomiki, til ijtimoiy xarakterga ega ekan, ijtimoiy hayotdagi taraqqiyot tildagi taraqqiyotni belgilab beradi. Va o‘z navbatida til va tilshunoslikning taraqqiyoti jamiyat, davlat taraqqiyotiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi... Buning isbotini bugungi kundagi dunyo manzarasidan topish mumkin – qaysi mamlakatda – jamiyatda tinchlik, farovonlik hukm surayotgan bo‘lsa, shu yerda til va tilshunoslik taraqqiy qilyapti va buning aksi bo‘lgan mamlakatlarda til va tilshunoslik rivoji haqida fikr yuritish amrimahol.
Qolaversa, til, avvalo, millatni millat qiluvchi vosita, u millatning ko‘zgusidir. Zero, tilimizda bizning qiyofamiz, ma'naviyatimiz aks etadi, til millat vakilining ma'naviyatini namoyon qiladi. Mustaqillik davrining eng ulug‘ imkoniyat va ne'matlaridan biri bu o‘zbek tilining o‘z yerida obro‘, e'tibor topishi, Davlat tili maqomini olishidir. Bugungi kunda o‘zbek tili milliy mafkuramizning tarkibiy qismlaridan va mustaqilligimizning bosh belgilaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Download 25.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling