Tilshunoslik nazariyasi


Download 204.69 Kb.
bet17/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

XV. Paleoafrika tillari. Bu tillarda gaplashuvchilar ham Afrikada yashaydi. Ular ikki guruhga, ya`ni bushmen va gottentog tillari guruhiga bo’linadi.
XVI. Paleoosiyo tillari. Bu tillarda so’zlashuvchilar Rossiyaning SHimoliy-SHarqida yashaydi. Paleoosiyo tillari ikki guruhga: CHukot va Sibir’ guruhlariga bo’linadi. Chukot guruhiga chukot, koryak, kamchadal tillari kiradi. Sibir’ guruhiga odul, nivx, ket tillari kiradi.
XVII. eskimos tillari. Bu tillarga eskimos va aleut tillari kiradi. eskimos tilida so’zlashuvchilar Chukotka yarim orolida, Vrangel’ orolida, Alyaskaning shimolida, Kanadada, Grenlandiyada yashaydi. Aleut tilida so’zlashuvchilar Komandor va Aleut orollarida yashaydi.
XVIII. Amerika hindularining tillari. Amerika hindularining tillari 200dan ortiq bo’lib, ular uch guruhga: SHimoliy Amerika, Markaziy Amerika va Janubiy Amerika guruhlariga bo’linadi.
XIX. Austr-Osiyo tillari. Bu tillarga: mon-kxmer, bunda, malakk, markaziy va janubiy-sharqiy tillar guruhi kiradi.
XX. Hech qanday guruhga kirmagan Uzoq SHarq tillari: 1) yapon tili. YAponiyaning (poytaxti Tokio) davlat tili; 2) ryukyu tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Ryu-Kyu orolida yashaydi; 3) koreya (koreys) tili. Koreya respublikasining (poytaxti Pxen’yan) davlat tili va Janubiy Koreyada yashovchi xalqning tili; 4) ayn tili. Bu tilda so’zlashuvchilar YAponiyaning shimolidagi Xokkaydo orolida va Saxalin orolining janubida, Kuril orolida yashaydi.
XXI. Burjaski tili. Bu til ham hech qanday guruhga kirmaydi. Bu tilda so’zlashuvchilar Hindistonning shimolida, Qarakorum dovonlarida yashaydi.
Genetik tipologiya har bir tilning kelib chiqishini, tarixiy taraqqiyotini, tillarning bir-biriga bo’lgan munosabatini, hozirgi ahvolini va shu kabi qator masalalarni chuqur o’rganishni talab qiladi.


Tillarning morfologik tasnifi. Morfologik tasnif tilning qurilishi va uning grammatik tuzilishini o’rganishga, bilishga yordam beradi.
So’z tuzilishi nuqtai-nazardan va morfologik (tipologik) tasnifga ko’ra dunyodagi barcha tillar to’rt turga bo’linadi:
1. Amorf (grek. – shaklsiz) tillar. Amorf yoki o’zakli tillarga xitoy, birma, tay, tibet kabi tillar kiradi. Bu tillarda forma yasovchi, so’z o’zgartuvchi affikslar yo’q. Grammatik munosabat so’z tartibi, urg’u, ohang kabi vositalar orqali ifodalanadi.
Xitoy tilida bir so’z turli matnda turlicha ma`no va grammatik vazifada keladi. Masalan, xao so’zi matnda turlicha ma`no anglatadi: xao jen’ – yaxshi odam, sio xao – yaxshilik qilish, dzio xao – qadimgi do’st, xao vo – bu kishi meni yaxshi ko’radi.
2. Agglyutinativ tillarda so’z o’zagiga turli qo’shimchalar qo’shilganda ham uning shakli o’zgarmaydi, shuningdek, so’z o’zagi o’zining mustaqil ma`nosini ham birmuncha saqlab qola beradi: ishlarimizdan, qishloqdagilarimizdagi.
3. Flektiv (lot. - egilmoq) tillar. Flektiv tillarga hind-evropa va xom-som tillari kiradi. So’zning morfologik shakllarining fleksiya orqali yasalishi bu tillarning asosiy morfologik xususiyatidir. Flektiv tillarga so’z yasovchi va so’z o’zgartuvchi vazifani bajaradigan ichki fleksiya xos. Masalan, arab tilida o’zak-negiz faqat undosh tovushlardan iborat bo’ladi: ktb so’zining o’zagi yozuv ma`nosini anglatadi. Unlini almashtirish bilan boshqa ma`nodagi so’zlar yasash mumkin: kataba – u yozdi, kotib – yozuvchi, kitob – kitob, maktab – idora, makotib – idoralar, madrasa – maktab.
4. Polisintetik (grek. – ko’p tarkibli) tillar. Polisintetik tillarga Amerika hindulari, chukot, koryak tillari kiradi. Bu tillarning asosiy morfologik xususiyati - ega, aniqlovchi, to’ldiruvchi va holni ifodalab kelgan so’zlar fe`l bilan birikib, murakkab tarkibli qo’shma so’z shakliga o’xshash gap hosil qilishidir. Masalan, chukot tilida: timaynivalamnarkin – men (ti) katta (mayn) pichoqni (vala) (mnarkin).



Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling