Tilshunoslik nazariyasi
Download 204.69 Kb.
|
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonetika - tilning tovush tizimini o’rganish sohasi.
Tilshunoslik sohalari. Tilshunoslik fanining asosiy muammolaridan biri tilning ichki qurilishini, uning tuzilishini o’rganishdir. Til o’z tabiatiga ko’ra ko’p aspektli hodisa bo’lgani uchun til ichki qurilishini o’rganishda tizim va qurilma tushunchalaridan keng foydalaniladi. Har bir konkret tilda bir-biri bilan uzviy bog’langan tovush tizimi, lug’at tarkibi, grammatik qurilishi mavjud bo’lib, ular birgalikda bir butunlikni tashkil etadi.
Tildagi tovush tizimi so’zlar va grammatik shakllarni hosil qilishda muhim moddiy baza bo’lib xizmat qiladi. Bunday nutq tovushlarisiz tilning o’zi ham bo’lmas edi, Chunki inson tili tovush tilidir. Lug’at tarkibi konkret tilning so’z xazinasidir. So’z va iboralar til uchun qurilish materiali bo’lib xizmat qiladi. Fikrni ifoda etuvchi gaplar esa ana shu so’zlardan, so’zlarning o’zaro sintaktik birikuvidan tashkil topadi. Tilning grammatik qurilishi so’z, so’z birikmasi va gapning morfologik, sintaktik xususiyatlarining yig’indisini ifoda etadi. Tilning struktural elementlari, ya`ni tovushlar tizimi, lug’at tarkibi, grammatik qurilishi o’zaro mahkam bog’langan bo’lib, biri ikkinchisining bo’lishini taqozo etadi. So’zlar tovushlarning bo’lishini talab qilsa, grammatik qurilish lug’at tarkibini talab qiladi. Har bir konkret til o’zining tarkibiy qismlari bilan bir butun tizimni tashkil etadi. Ular quyidagilar: Fonetika. Lug’at tarkibi, leksikologiya. Grammatik qurilish (morfologiya va sintaksis). Uslubiyat. Fonetika - tilning tovush tizimini o’rganish sohasi. Nutqimiz gaplardan, gap esa so’zlardan, nutq tovushlaridan tarkib topadi. Fonetika (grekcha- tovush) tilshunoslikning bo’limlaridan biri bo’lib, tilning tovush tizimini o’rganadi. Fonetikada nutq tovushlari to’rt tomondan o’rganiladi: 1) nutq organlarining nutq tovushlarini talaffuz qilishdaga harakati, ya`ni artikulyatsiyasi o’rganiladi; 2) tovushlar qanday fizik tebranishlar natijasi ekanligi, ya`ni akustik tomoni hisobga olinadi; 3) nutq tovushlari, bo’g’in, urg’u va intonatsiyaning eshituvchi tomonidan anglab his etilishi tekshiriladi; 4) nutq tovushlarining tildagi so’zlar, frazalar va gaplarni bir-biridan farqlash uchun xizmat qilishi, ya`ni fonologik tomoni o’rganiladi. Fonetika sohasi, vazifasiga ko’ra ikki turli bo’ladi: umumiy fonetika va xususiy fonetika. Umumiy fonetika dunyo tillariga tegishli bo’lgan umumiy fonetik qonuniyatlarni o’rganadi. Xususiy fonetika esa biror konkret tilga xos bo’lgan tovushlar tizimini o’rganadi. Qo’yilgan maqsadga ko’ra fonetika uchga bo’linadi: nazariy fonetika, amaliy fonetika va eksperimental fonetika. Nazariy fonetika ma`lum bir tilning tovush xususiyatlarini nazariy jihatdan tavsif etadi. Amaliy fonetika esa muayyan tilning fonetik, orfoepik me`yorlarini o’rganadi. Ostsillograf, kimograf singari alohida apparatlar yordamida nutq tovushlari, bo’g’in, urg’u va intonatsiyadagi artikulyatsion – akustik xususiyatlarni o’rganish eksperimental fonetikaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bundan tashqari, fonetika o’z tekshirish ob`ektining davrga munosabati nuqtai nazaridan ikki xil bo’ladi: tasviriy (sinxron) fonetika va tarixiy (diaxron) fonetika. Tarixiy fonetika biror konkret tildagi nutq tovushlarining tarixiy taraqqiyotini, qanday o’zgarishlarga uchraganini va bu o’zgarishlarning sabablarini tekshiradi. Tasviriy fonetika esa muayyan til tovush tizimining hozirgi davrdagi ahvolini o’rganadi. Bunda tasviriy fonetika tarixiy fonetika materiallariga suyanadi. Nutqning fonetik qismlarini o’rganishga qarab fonetika ikki turli bo’ladi: segmental fonetika va supersegmental fonetika. Nutq tovushlarining hosil bo’lishi va ularning xususiyatlarini o’rganuvchi fonetika segmental (segment – nutq bo’lagi) fonetika deyiladi. Nutq tovushlaridan katta bo’lgan fonetik birliklar esa supersegmental fonetika yoki prosodika deyiladi. Download 204.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling