Tilshunoslik nazariyasi
Download 204.69 Kb.
|
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonema va uning variantlari.
Artikulyatsiya. Nutq organlarining tovush hosil qilish paytidagi harakati va holatiga artikulyatsiya deyiladi.
Ma`lum bir tilga xos bo’lgan nutq tovushlarini hosil qilishga muvofiqlashgan nutq apparati artikulyatsion baza deb ataladi. Bir tilning artikulyatsion bazasi faqat shu tilga xos nutq tovushlarini to’g’ri talaffuz eta oladi. Ikkinchi bir tilning tovushlarini to’g’ri talaffuz etish uchun nutq apparatini shu til tovushlarining artikulyatsiyasiga moslashtirish kerak. Tovush artikulyatsiyasi uch holatda bo’ladi: Ekskursiya – tovush hosil qilishga o’tish. Rekursiya – tovush chiqarish uchun pauza qilish (to’xtab olish). Bosh holat – asli holiga qaytish. Atrikulyatsiyada ikki hodisa juda muhim rol’ o’ynaydi: artikulyatsiya o’rni va artikulyatsiya usuli. Tovush hosil qilishda nutq organlarining harakat qilgan qismi artikulyatsiya o’rni deyiladi. Masalan, t,z,s tovushlarining artikulyatsiya o’rni til oldidir. Tovush hosil qilish paytida ikki organning bir-biri bilan jipslashishi yoki jipslashmay, oradan havoning o’tib ketishi uchun bo’shliq qolishi atrikulyatsiya usuli deyiladi. Masalan, b,p tovushlari artikulyatsiya usuliga ko’ra portlovchidir. Artikulyatsiya o’rni va usuli nutq tovushlarini tasvirlash va tasnif qilish uchun omil sanaladi. Fonema va uning variantlari. Ma`lumki, nutq tovushlari tildagi so’z, so’z shakllari, so’z birikmalari, fraza va gaplarni farqlash vazifasini bajaradi. SHu tufayli nutq tovushlarining bu vazifaviy aspektini fonologiya o’rganadi. Fonologiyaning asosiy tekshirish ob`ekti fonemadir. So’z, so’z shakllari va morfemalarning tashkil etuvchi va ularning ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiluvchi til birligiga fonema (grekcha –tovush ) deyiladi. Masalan, til – tol, sel – sal, g’or – xor, kul – ko’l kabi so’zlar bir fonema bilan farqlanmoqda. Tarkibidagi bir fonema bilan bir o’rinda farq qiluvchi bunday so’zlar kvaziomonimlar deyiladi. Fonemaga tegishli barcha artikultsion – akustik belgilar uning fonetik tasnifi sanaladi. Masalan, p fonemasi, lab-lab, portlovchi, jarangsiz undosh. Fonemalarning qarama-qarshi qo’yilishiga fonologik oppozitsiya deyiladi. Masalan, p-b, s-sh, x-k, a-ottenka kabi. Fonemalarning fonologik oppozitsiya yordamida bir - biridan farqlash uchun xizmat qiluvchi barcha artikulyatsion – akustik belgilar ularning fonologik yoki farqlash alomatlari deyiladi. Tildagi barcha fonemalar o’zaro bir-biri bilan oppozitsiyani tashkil etadi. Bu fonemalarning bog’lanishi va aloqalari yig’indisi fonologik tizim deb yuritiladi. Fonemalarning o’zaro bog’lanish xarakteri, ya`ni ularning qanday ichki aloqada ekanligi fonologik qurilma deb ataladi. Har bir fonema tilning fonologik tizimidagi birlik yoki element deyiladi. Har bir til o’zining fonologik tizimiga ega bo’lib, undagi har bir fonemaning o’z o’rni va vazifasi bor. Har bir tilda asosiy fonemalarni ifodalash uchun alfavitga harfiy belgilar kiritilgan. Ba`zan asosiy fonemalar so’zlarning turli o’rinlarda ishlatilishiga ko’ra xilma-xil variantlarda ishlatiladi. Bular fonemalarning variantlari hisoblanadi. Masalan, qish, ish, pilik kabi so’zlarda i fonemasining uch varianti berilgandir (qattiq, cho’ziq, qisqa). Asosiy fonemalar so’z ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiladi. Masalan, don, non, nok, nor kabi. SHuni unutmaslik kerakki, fonema bilan nutq tovush bir-biriga o’xshash bo’lsa-da, aynan bir xil hodisa emas. Yozuvda fonema shartli belgilar - xarflar orqali ifodalanadi. Masalan, o’zbek tilida 6 ta unli fonema bo’lib, u yozuvda ham 6 ta harfiy belgi bilan ifodalanadi. Fonema haqidagi nazariya birinchi marta rus olimi I. A.Boduen-de Kurtene tomonidan yaratilgan, keyinchalik bu nazariya N.V.Krushevskiy, L.V.SHcherba kabi olimlar tomonidan rivojlantirilgan. Download 204.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling