Tilshunoslik nazariyasi


bo‘g‘in nazariyasi va fonetik bo'g’in nazariyasi


Download 204.69 Kb.
bet24/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

bo‘g‘in nazariyasi va fonetik bo'g’in nazariyasi keng tarqalgan.
So‘z bo‘g‘inlarga ajratib talaffuz qilinadi. Shuning uchun bo‘g‘in
nutqning eng kichik akustik-artikulyatsion birligidir. Ba’zan bo‘g‘in
morfema bilan teng kelib qoladi. Bo‘g‘in taktning bir bo‘lagidir. Bo‘-
g‘in bir yoki bir necha tovushlardan iborat bo’lib, bir nafas to’lqinida
aytiladi. Har qanday tovush bo‘g‘in hosil qilavermaydi. Unlilar faqat
musiqiy ohang. ovozdan iborat bo‘lgani uchun har doim bo‘g‘in hosil
qiladi. Ba’zi tillarda bir bo‘g‘in tarkibida ikki va undan ortiq unli tovushlar bo‘lishi ham mumkin. Masalan: qirg‘iz tilidagi tooda (tog‘da),
sooda (savdo)
so‘zlarida too-, soo- birinchi bo‘g‘in, -da ikkinchi bo‘-
g‘in bo’lib, birinchi bo‘g‘indagi ikki unli tovush bir bo‘g‘inni hosil qilgan. Bir bo‘g‘inda ikki unli tovushning birikib kelishi diftong deb ataladi.
o, e unlilari qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘ay, qorachoy-balqar tillarid
so‘z boshida diftonglashgan holda talaffuz etiladi: q-qalp. uoq “o‘q”,
q-balq. uot “olov”, uon “o‘n”, qoz. uoraq “o‘roq”. Shunga o‘xshash talaffuz singarmonizm saqlangan ayrim o‘zbek shevalarida ham kuzatiladi.
Ayrim tillarda diftong ko‘p uchraydi. Masalan, nemis tilidagi heute (bugun) so'zida diftong - eu, hous (uy) so‘zida diftong - au, eins
(bir) so‘zida diftong ei; fransuz tilidagi moi (men) so‘zida diftong - oi,
ingliz tilidagi vом (o‘g‘il bola) so‘zida diftong - ou dir. Diftonglar
kuchli va kuchsiz bo’lishi mumkin. Kuchli (ko‘tariladigan) diftong
sust unli tovush bilan boshlanib, to’la unli holiga keladi. Masalan, rus
tilidagi красная so‘zida keyingi bo‘g‘indagi ya ikki tovush (у-a) dan
iborat boiib, у - sust unli, a esa to’la unlidir. Mana shunday diftonglar
fransuz, nemis tillarida va boshqa tillarda ham uchraydi.
Sust (pasayadigan) diftong to’la unli bilan boshlanib, sust unli
holiga keladi. Masalan, rus tilida day, pey, ley, moy so‘zlaridagi ajratib
ko‘rsatilgan unlilar to’la unli bo’lib, ulardan keyin kelgan у unlisi sust
unlidir. О'zbek tilida, asosan kuchsiz diftong uchraydi. Masalan, qiynamoq, to ‘yga, saroy so‘zlaridagi ajratib ko‘rsatilgan unlilar kuchsiz
diftonglar bo’lib, i, o‘, o – to’la unlilar; ulardan keyin kelgan esa sust
unlidir. Kuchli (ko‘tarilgan) diftonglar ham uchraydi: yara, yog', yer
(y+ara, y+og‘, y+er)
so‘zlarida у kuchli, a, o, e sust unlilar. Bundan
tashqari, ba’zi tillarda bir bo‘g‘inda uch unli tovushning birikib kelish
hodisasi ham uchraydi. Uch unlining birikib bir bo‘g‘in hosil qilishi

Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling