Tilshunoslik nazariyasi
So’z material tarkibining o’zgarishi
Download 204,69 Kb.
|
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’z yasash usullari.
So’z material tarkibining o’zgarishi. So’z tarkibining o’zgarishi tillarda turlicha yo’l bilan yuz beradi. Tilshunoslikda buning asosan uch usuli qayd qilinadi: soddalashuv, qayta tuzilish va murakkablashuv.
1. Ko’p morfemali so’zning bir morfemali so’zga o’tish hodisalari soddalashuv deyiladi. Hozirgi o’zbek tilidagi qovurg’a, qachon, bo’rsiq kabi so’zlar ilgari morfemalarga ajralgan. Masalan, qovurg’a so’zi qop, -ur (daraja affiksi) va -ga (ot yasovchi affiks) morfemalaridan, qachon so’zi asli qay, chog’ va –in morfemalaridan, bo’rsiq esa bo’r, -si (fe`l yasovchi affiks) va –q (ot yasovchi affiks) morfemalaridan iborat bo’lgan. So’zning soddalashuvi ko’pincha bir tildan ikkinchi tilga so’z o’zlashtirilganda ro’y beradi: yasama va qo’shma so’zlar tub so’zlar sifatida o’zlashtiriladi. Masalan, inglizcha futbol (oyoq, to’p), nemischa kurort (kur-dam, ort-joy), forscha astoydil (az tafti dil) kabi. 2. So’z material tuzilishining qayta bo’linishi deganda so’zdagi morfemalar chegarasining o’zgarishi va buning natijasida yangi affiksal morfemalarning paydo bo’lishi ko’zda tutiladi. O’zbek tilidagi ular so’zi asli ikki morfema: ul va er qismlaridan iborat. Keyinchalik o’zakdagi l tovushi affiksga o’tgan. Hozirgi ular olmoshi morfemalarga ajralmaydi. 3. Avval tub deb hisoblangan so’zlarning yasama yoki murakkab so’zlar qatoriga, bir morfemali so’zlarning ikki va undan ortiq morfemali so’zlarga o’tib qolishi murakkablashuv deyiladi. Bu hodisa tilda kamroq uchraydi. Masalan, frantsuz tilidan rus tiliga olingan gravyura so’zi ta`sirida gravirovat’, graver so’zlari paydo bo’ldi. Natijada gravyura so’zi grav-yur-a kabi uch morfemaga bo’linadigan bo’ldi. So’z yasash usullari. «So’z yasash» atamasi tilshunoslikda ikki ma`noda - so’zlar qanday paydo bo’lishi haqidagi fan hamda yangi so’zlar paydo bo’lish qoida va usullari yig’indisi ma`nosida qo’llanadi. So’z yasash tilshunoslikning yangi so’z hosil qilishning qonun-qoidalari, modellari va usullari haqidagi bo’limidir. So’z yasash, qanday usul bilan bo’lsa-da, yangi so’z hosil qilish demakdir: ishchi, hozirjavob, ko’p yillik kabi. Har bir tilda yasama so’zlar ko’p. Lekin ularning yasalish tarixiy (diaxronik) yoki hozirgi (sinxronik) yasalishiga oid bo’lishi mumkin. So’z yasalishining tahlilida bu ikki hodisani farqlash lozim. Diaxronik va sinxronik so’z yasalishi o’zaro dialektik bog’liqdir. YAsalmaning yuzaga kelishida qatnashuvchi mustaqil ma`noli qism yasovchi asos hisoblanadi. Ishchi= ish yasovchi asos, -chi yasovchi affiks, ishchi –yasama, toshko’mir yasovchi asos – tosh va ko’mir, toshko’mir yasalma. So’z yasalishining bir necha usuli bor: semantik usul, fonetik usul, sintaktik-leksik usul, affiksatsiya usuli, kompozitsiya usuli. 1. Semantik usul bilan so’z yasalishida tilda bor bo’lgan so’zning ma`nosi o’zgarishi natijasida, yangi so’z hosil bo’ladi: kun (sutkaning yorug’ qismi), kun (quyosh), boshda (ravish), kechasi (ravish). 2.Tovush o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan so’zlar fonetik usul bilan so’z yasalishi deyiladi: ko’z – ko’r, bo’r – bo’z, kul –ko’l kabi. 3.Sintaktik-leksik usul bilan so’z yasalishi deganda so’z birikmasining so’zga aylanishi tushuniladi: qashqargul, mingboshi kabi. 4.So’zga qo’shimcha qo’shish bilan yangi so’z hosil qilish affiksatsiya usuli bilan so’z yasalishi deyiladi: betonchi, ishchi, paxtakor, ishla, uyla kabi. 5.Birdan ortiq o’zakni qo’shish orqali yangi so’z yasash kompozitsiya usuli deyiladi: oybolta, havo rang, har vaqt kabi. So’z yasash usullari turli tillarda turlichadir. So’z yasashning grammatik (affiksal va so’z qo’shish usuli), semantik, fonetik, konversiya usullari ko’p tillarga xosdir. Download 204,69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling