Tilshunoslik nazariyasi


Download 204.69 Kb.
bet52/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

So’z turkumlari tasnifi. So’zlarni turkumlarga ajratishda quyidagi kategorial belgilarni hisobga olish lozim: 1) semantik belgisi; 2) morfologik belgisi; 3) sintaktik belgisi; 4) so’z yasalish belgisi.
Bu belgilarning hammasi barcha so’z turkumlarida bir xil namoyon bo’lmaydi. So’z turkumlarida kategorial belgilarning yo unisi, yo bunisi etakchi bo’ladi. Masalan, rus tilida semantik va morfologik belgi etakchidir. Xitoy, v’etnam tillarida affikslar yo’qligi uchun semantik va stilistik belgi etakchilik qiladi. O’zbek tilida semantik, morfologik va sintaktik belgi hisobga olinadi.
So’zlarning turkumlarga ajralishi tarixiy hodisadir. Tillardagi so’z turkumlari bir vaqtda paydo bo’lgan hodisalar emas.
Tillarning o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra so’z turkumlarining soni ham turlichadir. Masalan, rus tilida o’nta so’z turkumi, o’zbek tilida o’n bitta so’z turkumi, uyg’ur tilida sakkizta so’z turkumi, frantsuz va ingliz tillarida to’qqiztadan so’z turkumi bor. Lekin tillar orasida so’z turkumi jihatidan o’xshashliklar ham ko’p.
So’z turkumlari ikkita katta guruhga bo’linadi: 1) mustaqil so’zlar - to’liq ma`noga ega bo’lgan so’z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe`l; 2) yordamchi so’zlar – mustaqillikka ega bo’lmagan so’zlar: ko’makchilar, bog’lovchilar, yuklamalar, predloglar, artikllar. Bulardan tashqari, modal, taqlidiy so’zlar va undovlar ham ajratiladi.
Mustaqil va yordamchi so’zlar nutqda ot va fe`llar uchun xizmat qiladi.
So’z turkumlari turli tillarda umumiylikdan tashqari, o’ziga xos ma`no va grammatik shakllarga egadir.
Nazorat uchun savollar

  1. Morfema deb nimaga aytiladi? O’zak morfema nima?

  2. Affiks nima, uning o’zakdan farqli tomonlarini izohlang.

  3. Affikslar va ularning turlari (so’z yasovchi, shakl yasovchi, so’z o’zgartuvchi) hamda ularning bir-biridan farqlari nimada?

  4. So’zning grammatik shakli (so’z shakl) deb nimaga aytiladi?

  5. Grammatik ko’rsatkich nima? Nol’ ko’rsatkich nima?

  6. Leksema nima?

  7. Paradigma nima?

  8. Paradigma va leksema bir-biri bilan qanday uyg’unlashadi?

  9. Negiz deb nimaga aytiladi? Tub va yasama negizlarni xarakterlang.

  10. Unumli va unumsiz affikslarni izohlang.

  11. So’zning ichki shakli nima?

  12. So’z tarkibining anologik o’zgarishini izohlang.

  13. Soddalashtirish deb nimaga aytiladi?

  14. Qayta bo’linish deb nimaga aytiladi?

  15. Qaysi belgilariga asosan so’zlar turkumlarga ajratiladi?

  16. Nima uchun dunyo tillarida so’z turkumlari bir xil emas?

  17. Mustaqil so’z turkumlarining xususiyatlari nimadan iborat?

  18. YOrdamchi so’z turkumlarining xususiyatlarini izohlang?

  19. Alohida guruh so’zlar (modal so’zlar, undovlar va taqlidiy so’zlar)ning tavsifini bering.

  20. So’zlardagi substantivatsiya hodisasining xususiyatlarini izohlang.


Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling