Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Nutq tovushlarining ijtimoiy qiymatga ega ekanligini isbotlashga harakat qiling.
2. Tovushning harf va fonemadan qanday farqi bor?
3. Transkripsiya nima? Bu so`z qaysi sohalarning o`ziga xos atamasi
hisoblanadi?
4. Transkripsiyani nima uchun o`rganamiz?
5. Transkripsiya tamoyillarini orfografiya prinsiplaridan qanday farqi bor?
6. Transkripsion belgilar qanday tuziladi? Diakritik belgi nima? Misollar asosida tushuntiring.
7. Fonetik transkripsiyaning fonologik transkripsiyadan qanday farqi bor?
8. Grafematik transkripsiya nima?
9. Xalqaro fonetik alifbodan nima maqsadda foydaniladi?
10.Quyidagi kichik matnni transkripsiyada yozing:
Fikrni chiroyli va ravon ifodalay olish, tushunarli qilib so`zlash va aniq, lo`nda javob berish jamiyat a’zolari uchun eng zarur va yaxshi xislatdir.
Adabiyotlar:
Азизов О. Тилшуносликка кириш., Т., “Ўқитувчи”, 1996.
Решетов В., Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек диалектологияси. Т., “Ўқитувчи”, 1978.
Содиқов А. ва б. Тилшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1981.
Шоабдураҳмонов Ш. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. I қисм. Т., “Ўқитувчи”, 1980.
Ўз СЭ. 11-сон. Т., 1978. 282-283 – б.
Қиличев Э. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Б., “Бухоро университети”, 1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |