Tilshunoslik nazariyasi
Mavzu: Tilvanutqmunosabati
Download 0.85 Mb.
|
Tilshunoslik nazariyasi majmua2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonema va tovush.
Mavzu: Tilvanutqmunosabati
Reja: 1.Til va nutqning farqlanishi. Lison va nutqni ajratishda F.de Sossyur ta’limoti. 2.UMIS tabiatli lison va YAHBO tabiatli nutq hodisasi. 3.Lisoniy va nutqiy birliklar haqida ma’lumot. Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar: Lison va nutq farqlanishi, F.de Sossyur ta’limoti,tilning psixofizik hodisa ekanligi, UMIS (umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab) YAHVO (yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat) lisoniy birlikning shakily va ma’noviy qiymati, lisoniy birliklar, nutqiy birliklar, fonema va tovush munosabati, leksema va so‘z munosabati, morfema va qo‘shimcha munosabati, qolip va hosila munosabati. Tilshunoslik boshqa fanlardan ajratilib, o‘zicha alohida mustaqil fan sifatida tanilgan davrlardayoq til va nutqni farqlashga e’tibor berilgan edi. Ammo fan taraqqiyoti tarixi davomida hamma jihatdan ham til bilan nutq bir-biridan farqlanavermadi. Shuning ucun, ko‘pincha, nutqqa xos hodisalar til hodisasi sifatida talqin qilinib kelindi. Tilshunosligimizning keyingi taraqqiyotida til va nutqni farqlashga jiddiy e’tibor berilmoqda. Til va nutq hodisalariga o‘zaro farqlab yondashishni dastlab VIII-IX asrlarda arab tilshunosligida, keyinchalik V.Humbold, A.Shteyntal, Boduen de Kurtene ta’limotlarida uchratamiz. Lekin til bilan nutq hodisalarini va ularga xos birliklarni ilmiy va amaliy farqlash, shu tushunchalarni batamom yangi mazmunda qo‘llash F.de Sossyur va uning izdoshlari yaratgan ta’limot bilan bog‘liqdir. Lison(til) va nutqning farqlanishi,tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida inqilobga teng hodisa sifatida baholandi. Chunki bu hodisa tilshunoslikdagi mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib yubordi. Tilga, xususan, o‘zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki yillarida lison o‘rnida til atamasi qo‘llanilib, bu so‘z ko‘p ma`nolilik tabiatiga ega bo‘lganligi sababli, ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarardi, chunki insonning nutq so‘zlash qobiliyati ham, nutqi ham shu atama bilan yuritilar edi. Atamalarga esa bir ma’nolilik xosdir. Lison deyilganda ma’lum bir jamiyatning barcha a’zolari uchun avvaldan tayyor holga keltirilib qo‘yilgan, hamma uchun umumiy va majburiy fikrni ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan birliklar hamda bu birliklarning o‘zaro birikish qonuniyatlari yig`indisi tushuniladi [3,8;]. Tilning bunday talqini uning psixofizik hodisa ekanligini, u o‘ziga umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab(UMIS) kabi sifatlarni mujassamlashtirganligini isbotlaydi. Til (lison) bunday xususiyatlarini aniq formalarda – xususiy hodisa va voqeliklar sifatida gavdalantiradi.Shu nuqtayi nazardan til va nutqning har biriga xos mustaqil birliklari mavjuddir. (Keyinroq, bu birliklar haqida to‘xtalib o‘tamiz). Lisonda birliklar va birikish qonuniyatlari farqlanadi. Lisoniy birlik ikki tomonning bir butunligidan iborat bo‘ladi: lisoniy birlikning shakily, tashqi tomoni; lisoniy birlikning ma’lum bir vazifasi, ma`noviy qiymati. Lisoniy birlik ongda qandaydir tarh, ramz sifatida saqlanadi. Masalan, [a] fonemasining talaffuz xususiyatlari haqida umumlashma tasavvur o‘zbek tilida so‘zlashuvchi barcha jamiyat a’zolari tilida birdir. Bu [a] fonemasining tashqi tomonidir, uning ichki tomonini ma’no farqlash, chegaralash xususiyati tashkil etadi. Ichki va tashqi tomonni bir- biridan ajratib bo‘lmaydi. Bir-birini shartlovchi, bir-biriga bog`liq bo‘lgan “lison – nutq qobiliyati - nutq” zanjirida faqat nutqqina tashqi shaklda (og‘zaki, yozma) namoyon bo‘ladi. F.de Sossyur lison – nutq munosabatini shatranj o‘yini qoidalari asosida tushuntirib o‘tgan. Shaxmat donalari va har bir donaning yurish qoidasi ongimizdagi lisoniy birliklar va ularning birikish imkoniyatlariga o‘xshaydi. O‘yin qoidalari hamma uchun bir xil. O‘yinchi xuddi so‘zlovchi bo‘lib, shaxmat oyinini bilishi esa so‘zlovchining nutq qobiliyatiga o‘xshaydi. Donalarning harakatlantirilishini nutqqa qiyoslash mumkin. Chunonchi: shaxmat – o‘ynash qobiliyati - o‘yin; lison – nutq qobiliyati – nutq. Lison va nutq munosabatiga dialektik, dialektika kategoriyalari nuqtayi nazaridan yondashilganda, u haqdagi tasavvur va bilimlarimiz to‘laqonli bo‘ladi. Lison va nutq munosabatiga dialektikaning umumiylik va yakkalik, mohiyat va hodisa, imkoniyat va voqelik, sabab va oqibat munosabati asosida yondashilsa, u haqdagi bilimlarimiz yanada ravshanlashdi, ya’ni til (lison) umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) belgilariga, nutq esa yakkalik hodisa, voqelik, oqibat (YAHVO) belgilariga egadir. Lison va nutqning o‘ziga xos birliklari mavjud:
Biz quyida bularning farqini birma-bir ko‘rib o‘tamiz. 1.Fonema va tovush. Eng kichik lisoniy birlik fonemalardir. Fonema muayyan til egalarining ma’lum tovushlar tipi haqidagi umumiy tasavvurlaridir. Har bir fonema so‘zlovchilar ongida o‘z tipini farqlovchi belgilari majmui asosida vujudga kelgan maxsus “akustik – artikulyatsion portret” yoki “tovushlar obrazi” sifatida saqlanadi. Muayyan fonemaning farqlovchi belgilari uning artikulyatsion va akustik xususiyatlari asosida shakllanadi. Artikulyatsion belgilar muayyan tovushlarni talaffuz qilish uchun nutq a’zolarining bir xildagi harakatga moslashgan avtomatik, standart holatlari haqidagi tasavvur bo‘lsa, akustik belgilar sifatida bir turdagi tovushlarga xos talaffuz sifati va miqdori tusuniladi. O‘zbek tilida so‘zlovchi shaxslarning ongida hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi 30 ta tovush tipi – fonemalar haqidagi ma’lumot bor. Bu ma’lumot kishi ongida uning til o‘rganishi, o‘zgalar va o‘zining nutqini ko‘rsatish natijalari sifatida jonlanadi. Masalan, o‘zbek tili sohibi o‘zining eshitish va so‘zlash a’zolari faoliyatini kuzatish natijasida [a] fohemasining unlilik, kenglik, lablanmaganlik, [u] fohemasining unlilik, torlik, lablanganlik, [p] fonemasining undoshlik, shovqinlilik, jarangsizlik, portlovchilik, lab – lablik kabi belgilarga ega ekanligi haqidagi “tabiiy” (go‘yoki o‘zi hosil qilingan) bilimga ega bo‘ladi. Nutq so‘zlaganda, kishi ana shu tipik belgilarni jonlantirishga, ongidagi imkoniyatni voqelantirishga, fonetik umumiylikni xususiylashtirishga harakat qiladi. Lisoniy birliklar nutqiy birliklarga nisbatan miqdoran cheklangan bo‘lsa-da, ammo ularning soni ham sanoqli emas. Shu boisdan ularning xotirada saqlanish mexanizmini ochish lozim bo‘ladi. Ma’lumki, inson narsalarni ularning umumlashtiruvchi va farqlovchi belgilari asosida esda saqlaydi. Esda saqlanishi lozim bo‘lgan narsa miqdor jihatdan ko‘p bo‘lsa, eslab qolishning asosiy yo‘li tasniflash, ya’ni guruhlarga ajratishdir. Tasnif esa o‘xshash va noo‘xshash, umumiy va farqlovchi belgilarini aniqlash asosida kechdi. Bu tamoyil barcha lisoniy birliklar, xususan, fonemalar tasnifida ham to‘la amal qiladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 30 ta fonema so‘zlovchi ongida, avvalo ikki guruh – unlilar va undoshlarga bo‘lingan holda mavjud bo‘ladi. Bu guruhlar tovushlar talaffuzidagi ovoz va shovqinning ishtiroki darajasiga qarab belgilanadi. Bo‘linish shu tarzda alohida fonemagacha davom etib boradi. Unlilar ham, undoshlar ham qarama-qarshi belgilari asosida kichik guruhlarga bo‘linib boraveradi. Masalan, o‘zbek tilidagi 6 ta unli bir tizim bo‘lib, ular shovqinsizligi bilan undoshlardan ajraladi. Biroq bu tizimchaning o‘zi ham unsurlarning qarama-qarshi belgilari asosida bo‘linadi. Unlilarning qarama- qarshi qo‘yilishi quyidagicha: i u
e o‘ a o
Umuman olganda, minimal lisoniy birlik bo‘lmish fonemalar inson nutq a’zolari yordamida vujudga kelgan tovush ko‘rinishlarining umumiy andozasi bo‘lib, cheksiz tovushlarning umumlashmalari qatori sifatida ongimizda yashaydi. So‘zlovchilar ongidagi ushbu psixo-akustik obrazlar asosida nutq a’zolarini harakatga keltirib tovushlarni hosil qiladi. Yoki tinglovchi o‘zgalar tomonidan hosil qilingan tovushlarni eshitish orqali ongidagi andozaga solishtirib ko‘radi. Fonemalarning ma’no farqlash xossasi mavjud bo‘lib, bir fonemaning turli ko‘rinishlari bo‘lgan tovushlarda bu hodisa kuzatilmaydi. Bir fonemaning nutqiy varianti bo‘lmish tovush boshqa fonemaning varianti bo‘lgan tovush bilan almashtirilsa, so‘z ma’nosi yangilanadi, ya’ni boshqa so‘zga aylanadi. Qiyoslang: [qora] va [qara] [ota] va [ata], [ona] va [ana]. Shu boisdan ham fonemaga tilning ma’no farqlovchi eng kichik birligi deb ta’rif berildi. Bir fonemaning turli variantlari ma’no farqlamaydi. Masalan, til oldi va til orqa [o‘] unlilari quyidagi so‘zlarda ma’no farqlamagan: o‘l – o‘l. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling