Tilshunoslik nazariyasi
Ovoz paychalaridan yuqori qism
Download 0.85 Mb.
|
Tilshunoslik nazariyasi majmua2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik til
3. Ovoz paychalaridan yuqori qism. Bu qismga bo`g`iz qopqog`i , og`iz bo`shlig`i , burun bo`shlig`i , qattiq va yumshoq tanglay , til , kichik til , ustki va pastki tishlar , ustki va pastki lablar kiradi . Bular orasida eng harakatchan a’zo tildir. Til harakati orqali til oldi , til o`rta , til orqa , chuqur til orqa tovushlari (unli va undoshlar ) hosil qilinadi. Lab ham ancha faol nutq a’zosi bo‘lib , b , p , m, v , f ,o ,o`, u kabi tovushlar hosil qilishda ishtirok etadi . Kichik til qattiq tebranib ,xitoy va fransuz tillariga xos bo‘lgan tovushlarni hosil qiladi. Bo`g`iz qopqog`i ham ayrim tillarda tovush hosil qiluvchi a’zo sanalib, arab tilida ﻉ (ayn) tovushini hosil qiladi .
Nutq apparatining, ya’ni nutq a’zolarining harakati natijasida tovush hosil bo`lish jarayoni artikulyatsiya deyiladi. Jahondagi barcha kishilarning nutq organlari bir xil tuzilgan bo`lsa ham, har bir tildagi tovushlarning talaffuzida ularning harakati turlicha bo‘lishi mumkin. Ma’lum bir tilga xos bo‘lgan nutq tovushlarini hosil qilishga muvofiqlashgan nutq apparati artikulyatsiya bazasi deb ataladi. Bir tilning artikulyatsiya bazasi shu tilga xos nutq tovushlarini hosil qiladi. Shuning uchun ham har bir tilga moslashgan nutq artikulyatsiyasi bazasi ikkinchi bir tilning tovushlarini birdan to‘g‘ri talaffuz eta olmaydi. Buni ingliz tilini, koreys tilini o‘rganish jarayonida kuzatish mumkin yoki, aksincha, ingliz xalqining rus, o‘zbek tilida so‘zlashish jarayoni ham fikrimizni tasdiqlaydi. Nutq artikulyatsiyasi 3 holatda bo‘ladi:
tovush hosil qilishga o‘tish; tovush chiqarish uchun to‘xtab olish; asl holatga qaytish; Masalan, [b] tovushini hosil qilish uchun shu tovushni hosil qilishda ishtirok etuvchi nutq a’zolari uni talaffuz qilishga tayyorlanadi . Shu vaqtda ustki lab bilan pastki lab jipslashib , o‘pkadan keladigan havoni to‘sadi , bir zum to‘xtamdan so‘ng o‘pkadan kelgan havo kuchining zarbi bilan lablar yana ochilib , [b] tovushi hosil bo‘ladi . Shudan so‘ng nutq a’zolari yana o‘z asliga qaytadi . Artikulyatsiyada ikki hodisa muhim rol o‘ynaydi: birinchidan, artikulyatsiya o‘rni, ikkinchidan, artikulyatsiya usuli. Tovush hosil qilishda nutq a’zolarining harakat etgan qismi artikulyatsiya o‘rni deyiladi . Masalan , b, p, m, v, f kabi tovushlarni hosil qilishda lab ko‘proq harakat qiladi, to‘g‘rirog‘i labda hosil bo‘ladi . Shuning uchun bu tovushning artikulyatsiya o‘rni labdir va shunga ko‘ra lab undoshlari deyiladi. Yoki d, t, s, z, ch tovushlari tilning ustki tishlar va milkka tegishi bilan hosil bo‘ladi. Bu tovushlarning artikulyatsiya o‘rni tilning old qismidir, shuning uchun bu tovushlar til oldi undoshlari nomini olgan. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling