7. Sheva lug‘ati. Bir tildoirasidagi sheva. Dialekt va lahjalariga xos bo‘lgan fonetik yoki semantik jihatlarni adabiy til bilan solishtiruvchi lug‘atlar: O‘zbek xalq shevalari lug‘ati, 1971; Cловарь русских народных говоров. M., 1965-74.
8. Orfoepik lug‘at. To‘g‘ri talaffuz qoidalarini, ya’ni adabiy talaffuz me’yorlarini ko‘rsatuvchi lug‘at. Sodiqova M., Usmonova O‘.O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati. T., 1977.
9. Frazeologik lug‘at. Frazeologik so‘z va iboralar ma’nosini sharhlaydigan manba: Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. T., 1978. Sodiqova M. Ruscha – o‘zbekcha frazeologik lug‘at. 1972; Jukov V. Фразеологический словарь русского языка. M., 1967.
Do'stlaringiz bilan baham: |