Tilshunoslik va sotsiologiya. Sotsiolingvistika Reja
Download 81 Kb.
|
1 2
Bog'liqTilshunoslik va sotsiologiya
Sotsiolingvistika fanining o„rganish obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Sotsiolingvistikaning obyektini belgilashda tilshunoslarni ikki guruhga ajratish mumkin. Tilshunoslarning bir guruhi butun tilga tegishli bo’lgan ijtimoiy jarayonlarni, til va jamiyat munosabatlarini o’rganishadi. Biroq nutq so’zlovchisiga, tilning kelib chiqishiga, uning umumiy xususiyatlariga munosabat bildirishmaydi. Boshqa bir guruh tilshunoslar esa turli tillarning individual variantliligiga va mikrojarayonlar (shaxslararo muloqot, kichik guruhlar muloqoti)ga e‘tibor qaratishadi.
U.Brayt fikriga ko’ra, sotsiolingvistik tadqiqotlar til va jamiyat munosabatlari bilan bog’liq bo’ladi. Biroq bunday qarash ham noaniqlikni keltirib chiqaradi. Agar biz bunga aniqlik kiritadigan bo’lsak, unda til va jamiyat shunchaki qandaydir birliklarning majmuyi emas, balki ular struktura hisoblanadi. Mazkur holatda sotsiolingvistning vazifasi til strukturasidagi va ijtimoiy strukturadagi o’zaro munosabatlar tizimini ochib berish bo’ladi. Ya‘ni sotsiolingvistlarning vazifasi lingvistik strukturaning sistematik qo’shma variatsiyalashuvini ko’rsatib berish, hatto, u yoki bu yo’nalishning tasodifiy aloqasini ochib berishdan iboratdir. Sotsiolingvistikaning asosiy vazifalaridan biri mazkur variatsiyalarning haqiqatan ham ―erkin‖ emasligi, ularni sistematik, sotsial farqlar bilan o’zaro aloqada ekanligini ko’rsatib berishdir. Til farqliligini ana shunday keng planda tushunish sotsiolingvistikaning asosiy obyekti sanaladi.7 Fransuz tilshunoslarining fikricha, diskurs tahlili, til me‘yori, variantlilik, diglossiya kabi muammolar sotsiolingvistikaning obyekti hisoblandi. Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini, uning ijtimoiy funksiyalarini, shuningdek, ijtimoiy omillarning tilga ta‘sirini o’rganadigan fandir. Ikki yoki uch til amal qilayotgan jamiyatlarda sotsiolingvist quyidagi savollarga javob olishi uchun bir necha til funksiyalari mexanizmini ularning o’zaro ta‘sirida tadqiq qilishi lozim. Ular ijtimoiy hayotning qaysi sohalarida qo’llaniladi? Mavqeyi va funksiyalariga ko’ra ular orasidagi o’zaro munosabat qanday bo’ladi? Qaysi til ―hukmronlik qiladi‖, ya‘ni qaysi til davlat tili yoki asosiy muloqot vositasi sifatida rasman qabul qilingan va qaysi tillar so’zlashuv tili hisoblanadi? Ikki tillilik qanday sharoitlarda va qaysi shakllarda yuzaga keladi? Bunga o’xshash savollarga javob berish sotsiolingvistikaning vazifasiga kiradi. Demak, sotsiolingvistikaning obyekti til yoki tillarning ijtimoiy faoliyatidir. Til muayyan ijtimoiy strukturaga ega bo’lgan jamiyatda faoliyat ko’rsatadi, shunga ko’ra, sotsiolingvistikani tilni ijtimoiy kontekstda o’rganadigan fan deyish mumkin. Hozirgi kunda soha o’z oldiga qanday vazifalarni qo’yadi? Bu haqida quyidagi fikrlar diqqatga molikdir: ―O’z mustaqilligiga erishgan davlatlarning o’z milliy adabiy tillarini yaratish, yozuvni asoslash, uni mukammallashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Fan va texnika taraqqiyoti, xalqaro savdo-sotiqning kengayib borishi, bir tomondan, tillarda baynalmilal so’zlar sonining oshib borishiga sabab bo’lsa, ikkinchi tomondan, mahalliy tillar bilan xalqaro til vazifasini o’tayotgan tillar o’rtasidagi to’qnashuvlarga, til chatishuvlariga (kreollashtirish, pijinlashtirish) sabab bo’lmoqda. Bu masalalar bilan ijtimoiy tilshunoslik shug’ullanishi, mazkur hodisalarning qonuniyatlarini ilmiy ravishda ochib berishi zarur‖.34 Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, sotsiolingvistikaning predmetini qisqacha ―inson va jamiyat‖, deb belgilash mumkin hamda ushbu soha bugungi kunda davr talabidan kelib chiqqan holda katta odimlar bilan taraqqiy etayotgan soha ekanligini ta‘kidlab o’tish zarur. 1 Исломов Ў. Алишер Навоий асарларида нутқ маданияти талқини: Филол.фан.номз дисс.автореф. –Тошкент, 2011. –Б.7-12. 2 Қаюмов А. Қадимият обидалари. –Тошкент: Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1972. –Б.135. 3 Абу Райҳон Беруний. Ҳикматлар. –Тошкент: Ёш гвардия, 1973. –Б.22. 5 Степанов Г. В. Типология языковых состояний и ситуаций в странах романской речи. -М., 1976. –C. 22 6 Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. – C. 7. 7 Брайт У. Введение: параметры социолингвистики // Новое в лингвистике. Вып. VII. - М., 1975. - С. 34-41. Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling