Tilshunoslik
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
Tovush. Fonemaning nutqdagi ko‘rinishi tovushdir.
Tovush ham fonema kabi boshqa mayda bo‘laklarga bo‘linmaydi. Yozuvda harf bilan ifodalanadi. Tovushlar tilning moddiy materiali hisoblanadi. Akustik, fiziologik, lingvistik belgilari mavjud bo‘ladi. Bir-biridan farqli bo‘lgani uchun ma’lum sanoqligina tovushlardan turli-tuman cheksiz so‘zlar 79 yaratiladi. Tovush nutq birligining minimal moddiy birligi sifatida ijtimoiy vazifa bajaradi. Tovush paydo bo‘lish tomonidan olib qaralganda birlamchi, fonema esa ikkilamchi. Bular bir – biri bilan chambarchas bog‘liq, bir – biriga o‘tib turadigan birliklardir. Masalan: kel – ket, ko‘z – so‘z, men – sen kabi. Bu misollarda tovush fonemaga fonema tovushga aylanganini ko‘rishimiz mumkin. Tovush nutqning moddiy materialidir. Akustik jihatdan u past yoki baland eshitilishi mumkin. Tovushni eshitamiz va tafakkurimizda uning ifoda belgisini idrok qilib ma’lum narsaning in’ikosini gavdalantiramiz. Uning eng muhim belgisi bir-biridan farqli bo‘lishi sanaladi. Yoqsa, til sistemasida tashilayotgan turfa xil ma’nolarni chiqarolmas edik. Tilimizda mavjud bo‘lgan o‘ttiztadangina ortiq tovushlar orqali 120 000 dan ortiq so‘zni hosil qila olmas edik. So‘z. Til birligi sanalgan leksemaning nutqdagi birligi so‘zdir. Leksemaning so‘zga aylanishi nutqiy faoliyatning roli bilan chambarchas bog‘lanadi. So‘z nutq jarayonida oydinla- shadi, voqelanadi. Ya’ni so‘z, aniq moddiy qobiqqa ega bo‘la- di. So‘zning tilimizdagi vazifasi nominativ vazifa bajarishidir. Ya’ni so‘z aniq tushunchani ifodalab, tafakkurimizda tushuncha tasavvurini hosil qiladi. So‘z fikr ifodalab kelishidan tashqari alohida gap ham bo‘lib kelishi mumkin. So‘z xali to‘liq o‘rganilmagan sath bo‘lishi bilan birga, deyarli tilning barcha bo‘limlarining ob’ekti hamdir. Har bir so‘z fonetik, grammatik va semantik jihatdan shakllangan bo‘ladi. Shuningdek, so‘z o‘zidan katta nutq birliklari sanaladigan: so‘z birikmasi, gap va matnning qurilish materialidir. So‘z haqida jahon tilshunosligida turfa xil nazariy qarashlar mavjud. Bu borada olimlar yakdil fikrda emas, shuningdek yagona va mukammal ta’rifi hanuzgacha yaratilgani yo‘q. So‘z tilning markaziy, yadroviy, birligi sanaladi. F.Do‘.Sossyur so‘z haqida shunday deydi: so‘zdagi 80 muhim narsa tovushning o‘zi emas, balki shu so‘zni qolgan barcha so‘zlardan farqlashga imkon beradigan tovushiy farqlardir, chunki aynan shular ma’no tashuvchilar hamdir [Sossyur, Ferdinand Do‘., 2019: 136]. Professor M.M.Mirtojiyev so‘z o‘z ma’nosi va o‘z shakli bilan mavjud ekan, u o‘zi ifoda etgan ob’ekti bilan mantiqan umumiylikka ega bo‘lishi turgan gap. Bu umumiylik o‘sha so‘z leksik ma’nosi orqali ifoda topgan tushuncha vositasida namoyon bo‘ladi [M.M.Mirtojiyev, 2017: 90], – desa, Professor M.N.Peterson umuman so‘zning qoniqarli ta’rifi yo‘q, bunday ta’rifni berish ham qiyin; so‘z – shunday sodda tushunchaki, unga biror mantiqiy ta’rif berish ham mumkin emas, – deydi [M.N.Peterson, 1929: 27]. Professor T.Bushuy so‘z ko‘p o‘lchovli til birligi bo‘lib, uning ta’rifini berish uchun turli xususiyatlarini hisobga olishi kerak deb hisoblaydi [T.Bushuy, 2011: 28]. E.Sepir esa, so‘zni vazifaviy birlik emas, shakliy birlik deb qaraydi [E.Sepir, 1934: 221]. Sh.Balli, so‘z tushun- chasini tilshunoslikdagi eng noaniq tushuncha, deb ataydi [Sh.Balli, 1935: 315-317]. F.M.Peshkovskiyning so‘z haqidagi quyidagicha fikrini keltirish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz: ”So‘z tilshunoslik fanining o‘ta murakkab tushunchalaridan birini taqozo etadi. Insonning tili so‘z orqali mavjudligiga, tilshunoslikning barcha masalalari so‘z orqali o‘z ifodasini topishiga qaramay, so‘z tushunchasi tilshunoslar uchun jumboq bo‘lib qolmoqda” [A.M.Peshkovskiy, 1925: 122]. Hozirgi tilshunoslikda so‘z va u orqali berilgan tushuncha masalasi har qancha dolzarb bo‘lsa ham, bu sohada hali aniqroq to‘xtamga kelinganini qayd eta olmaymiz. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling