Tilshunoslik
-§. Lisoniy paradigma va munosabatlarning asosiy
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
20-§. Lisoniy paradigma va munosabatlarning asosiy
turlari Til sistemasi birliklari biri boshqasi bilan bog‘liq tarzda yashar ekan, bunda ularning birinchi navbatda paradigmatik va sintagmatik munosabatlari namoyon bo‘ladi. Lisoniy 85 paradigma til birliklarining paradigmatik munosabatda aloqaga kirishuvidir. Tilshunoslikda paradigma termini ikki xil ma’noni anglatadi. 1.Tilning sistemasi va strukturasi qoidalariga mos holda muayyan invariant doirasida mavjud bo‘lgan variantlar. Bu variantlardan biri kommunikativ jarayonda har so‘zlovchi tomonidan tanlanadi. 2.Nutq zanjirida til sistemasi unsurlarining tasniflanishi [R.Kobrin, 1987: 31]. Lisoniy paradigmada til birliklari bo‘lgan fonema, morfema, so‘z va gapning aloqaga kirishuvi orqali sintagmatik qatorda nutqiy faoliyatni shakllantirishini tushinamiz. Albatta, har qanday kichik birlik o‘zidan katta birlik ichida faollashadi. Masalan, fonemalar morfemada, morfemalar so‘zda, so‘zlar gapning ichida ham paradigmatik ham sintagmatik zanjirni hosil qiladi. Paradigmatik munosabatda kelgan til birliklari vertikal xarakterli bo‘ladi. Ba’zi olimlar paradigma tushunchasini tilga, sintagma tushunchasini esa faqat nutqqa tegishli deydi. Fonemalar vertikal holatda bog‘lanib sistema ichida makroparadigma holida shakllanadi. Ular amalda qo‘llanilganda sintagmatik munosabatni taqoza etadi. Nazorat uchun savollar: 1.Til va nutqiy faoliyat tushunchalari o‘zaro qanday munosabatda? 2.Nutq faoliyatning og‘zaki va yozma nutqqa ta’siri? 3.Til tafakkurning paydo bo‘lishi, ularning rivojlanishi haqida qanday fikrdasiz? 3.Lisoniy paradigma va munosabatlarning asosiy turlari deganda nimalarni tushunasiz? 4.Nima uchun til moddiy – akustik, tafakkur esa ma’naviy – g‘oyaviy xususiyatiga ega? 5.Nima uchun til milliy, tafakkur esa umuminsoniy xususiyatga ega? 6.Til va tafakkur birliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini nimalardan iborat? 86 7.Lisoniy tasnif asoslari. Til ham, nutq ham aloqa vositasi. Farqlari nima? Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling