Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Mas’ul muharrir: 
Ibodulla Mirzayev  filologiya fanlari doktori, professor 
Taqrizchilar: 
Ne‘mat Turniyozov – filologiya fanlari doktori, professor 
Jo‘liboy Eltazarov  filologiya fanlari doktori, professor 
Azamat Pardayev –filologiya fanlari doktori 
ISBN 978-9943-6998-0-9 
© Abdurayim Turobov, 2022 
© “Samarqand davlat chet tillar instituti” nashriyoti, 2022 



SO‘ZBOSHI 
Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek tili va 
adabiyoti fakulteti, 5120100 – filologiya va tillarni o‘qitish 
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 1-kurs talabalari uchun 
“Tilshunoslik nazariyasi” kursi dasturi asosida yaratildi. 
Darslikda tilshunoslik nazariyasiga oid boshlang‘ich masalalar 
yoritildi.
So‘nggi yillarda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari 
filologiya yo‘nalishida tilshunoslik nazariyasini o‘qish-
o‘rganish, o‘qitish ishlari qizg‘in tus oldi. 
Darslik Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek 
tili va adabiyoti universitetida ishlab chiqilgan fan dasturiga 
qat’iy amal qilingan holda tayyorlanib, unga quyidagi 
mavzular kiritildi: “Tilshunoslik nazariyasi fanining maqsadi, 
vazifalari”, “Tilning ijtimoiy tabiati”, “Til va tafakkur”, “Til – 
tafakkur – nutq munosabati”, “Til – ramzlar tizimi”, 
“Tillarning shakllanishi va taraqqiy qilishi”, “Dunyo tillari va 
ularning tasnifi”. 
Tilshunoslik tarixi tilning jamiyatdagi o‘rni, tilning paydo 
bo‘lishi va taraqqiyoti haqidagi turli xil qarashlarni
nazariyalarni tekshiradi. Tilshunoslik nazariyalari ko‘proq 
umumiy tilshunoslikka asoslangani uchun ayrim bir til 
haqidagi nazariyalar haqida to‘xtalmasdan, balki umumiy 
tilshunoslik hajmidagi nazariyalarni o‘rganadi. 
Talabalarning tilshunoslik nazariyasini o‘zlashtirishi oson 
bo‘lishi uchun ayrim o‘rinlarda tilshunoslik nazariyasini jahon 
tillari grammatik tipologiyasiga solishtirishga harakat qilindi. 
Jahon tillarining fonetik, morfologik, sintaktik tizimidagi 
ayrim grammatik hodisalar barcha tilda ham mavjud. Lekin bu 
hodisalar ifodalanishi, ma’nosi va boshqa xususiyatlari bilan 
o‘ziga xos jihatlarga ega. 
Shuningdek, grammatik kategoriya sifatida mavjud 
holatlarni yoritishga va bu o‘ziga xoslikning sababini ochishga 



ham alohida e’tibor qaratildi. Darslikda tilshunoslik nazariyasi 
fanining maqsadi, vazifalari, tilning ijtimoiy tabiati, til va 
tafakkur, til – tafakkur – nutq munosabati, til – ramzlar tizimi, 
tillarning shakllanishi va taraqqiy qilishi, dunyo tillari va 
ularning tasnifi va boshqa muammolarga ham o‘rin ajratildi.
Mazkur darslik turli yillar davomida 1-kurslarda o‘qilgan 
ma’ruzalar, kuzatilgan, o‘rganilgan, qo‘llanilgan tajribalardan 
kelib chiqib yaratildi. 
Darslikda har bir mavzuga tegishli bo‘lgan adabiyotlar 
muallifi, chop etilgan sana va beti matn ichida qavsga olib 
berildi. Negaki, qiziqqan o‘quvchi manbaga murojaat qilib, bu 
boradagi bilimini yanada kengaytirish imkoni bo‘ladi. 
Darslikda materiallar o‘ziga xos tarzda uzviy bog‘liqlikda 
va 
ketma-ketlikda 
berildi. 
Darslikdagi 
test 
savollari 
talabalarning mustaqil bilimini oshirishga va mustahkamlashga 
yordam beradi. Har bir mavzuga oid rejalar tuzildi, tayanch 
so‘z va iboralar belgilandi hamda nazariy masalalar ana shu 
rejalar asosida, tayanch so‘z va iboralar negizida yoritildi. Har 
bir mavzudan keyin talabalarning o‘zlashtirish darajasini 
aniqlash uchun nazorat savollari, fanning namunaviy o‘quv 
dasturi talablariga asoslangan holda mustaqil ish mavzulari va 
ularga doir savol hamda topshiriqlar, ularni bajarish yuzasidan 
tavsiyalar berildi. Shuningdek, darslikdagi test savollari 
talabalarning 
mustaqil 
bilimini 
oshirishiga 
va 
mustahkamlashga 
yordam 
beradi. 
Tayanch 
so‘z 
va 
atamalarning o‘zbek, rus va ingliz tilidagi nomlanishi berildi. 
Bu o‘quvchilarni jahon tilshunosligidagi terminlarning 
nomlanishidan boxabar qiladi. 
Darslikni nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirish, 
mukammallashtirishga oid fikr va mulohazalarni muallif 
minnatdorchilik bilan qabul qiladi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling