Tilshunoslik


-§. Vilgelm fon Gumboldt va Ferdinand do‘


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

4-§. Vilgelm fon Gumboldt va Ferdinand do‘ 
Sossyurlarning til va tilshunoslik fanining o‘rganish 
sohasidagi fikrlari 
Ko‘pchilik 
olimlarning 
e’tirofiga 
ko‘ra, 
umumiy 
tilshunoslikning asoschisi nemis olimi Vilgelm fon Gumboldt 
(1767-1835) hisoblanadi. U shu asosda tilshunoslik fanining 
asosiy masalalarini belgilab berishga intildi. V.Gumboldt 
ta’rificha, til murakkab, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan sifat 
va xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir, shuning 
uchun ham tilni ilmiy o‘rganishda, uning haqiqiy mohiyatini 
tushunishda antinomiya (qarama-qarshilik) metodini qo‘llash 
maqsadga muvofiqdir. 


15 
V.Gumboldt bask, malay-polinez tillari va Amerika 
hindularining tillari bo‘yicha boy bilimga ega bo‘lgan. Bu 
unga 
bilim 
doirasini 
favqulodda 
kengaytirishga, 
o‘z 
kuzatishlaridan ko‘pincha asosli va aniq xulosalar chiqarishga 
imkon 
beradi. 
Uning 
falsafiy-lingvistik 
qarashlari 
zamondoshlariga va o‘zidan keyingi tilshunoslarga juda katta 
ta’sir ko‘rsatadi. 
“Masalan, Bopp uni hurmat bilan tilga oladi, G.Shteyntal, 
G.Kursius, 
A.Bleyxer, 
K.Fossler, 
A.A.Potebnya, 
hatto 
mustaqil tilshunos hisoblagan I.A.Boduen de Kurteneday olim 
ham 
o‘zlarini Gumboldtning shogirdi degan edilar” 
[S.Usmonov, 1972: 62]. 
Bunda o‘zining tadqiqot dasturini bayon qiladi va qiyosiy 
metodning asosiy qoidalarini belgilab beradi. 
V.Gumboldtning ayrim falsafiy-lingvistik qarashlari: 
1.Gegel “Ruh falsafasi” (1817) asarida til haqida alohida
fan yaratish kerak, degan fikrni nazariy jihatdan asoslab bergan 
bo‘lsa, V.Gumboldt esa 1820 yilgi ma’ruzasida til haqida 
mustaqil fan yaratish zarurligi g‘oyasini asoslab bergan. 
2.Til hodisalarining o‘zaro uzviy bog‘liq ekanligini asoslab
bergan. “Tilda,-deydi V.Gumboldt, – hech qanday ayrim 
hodisa yo‘q. Tilning har bir alohida-alohida unsuri (elementi) 
o‘zini bir butunning tarkibiy qismi sifatida namoyon qiladi”. 
3.Tilning tovush tomoniga yuqori baho beradi: “Tilning
tovushlari ifoda vositasidir, til uni tafakkur uchun yaratgan”. 
4.Til bilan tafakkurning o‘zaro uzviy bog‘liq ekanligini
ta’kidladi. 
5.Til faqat jamiyatdagina mavjud va u faqat jamiyatdagina
uzliksiz rivojlanib turuvchi faoliyat ekanligini bayon qiladi. 
6.Til bilan nutqni farqlaydi, tilning umumxalq xususiyatiga
ega ekanligini ta’kidlaydi. Til ham, nutq ham qaysidir ma’noda 
ham individual ham ijtimoiydir. 


16 
7.Fridrix Shlegel kabi flektiv tillarni agglyutinativ tillardan 
yuqori qo‘yadi. Ammo bu to‘g‘ri emas. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling